MUHTASIB

MUHTASIB (arab. — nazorat qiluvchi) — oʻrta asr musulmon davlatlarida islom marosimlari, urf-odatlari va shariat qonunlarining bajarilishi, odamlarning jamoat joylarida yurishturishi ustidan nazorat qiluvchi amaldor. Shariat tizimiga xos mansabdor shaxslar toifasiga kirgan. Oʻrta Osiyoda ular rais deb atalgan. Muhtasiblar bozorlardagi narxnavo va oʻlchov asboblarining toʻgʻriligi ustidan nazorat qilish, urfodatlarning bajarilishini kuzatish, diniy vazifalarini bajarmagan kishilarni jazolashga xukm chiqarish kabilar b-n shugʻullangan. Buxoro amirligida Muhtasib shayx ul-islom va muftiydan keyin uchinchi mansab hisoblangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x