MUHANDISLIK GEOLOGIYASI XARITASI

MUHANDISLIK GEOLOGIYASI XARITASIqurilish moʻljallangan yer maydoniga tegishli xar xil muxandislik-geologik omillar (tektonik, geomorfologik, gidrogeologik, gidrologik, geologik va muhandislik-geologik jarayonlarning tarkalish darajasi va b.) aks ettirilgan xarita. M. g. x. da togʻ jinslarining tarkibi, fizik-mexanik xossalari eʼtiborga olinadi. Xaritalar mazmuniga qarab bir necha guruhga — muhandislikgeologik sharoitlar (yer usti inshootlari qurilishi moʻljallangan hududlar uchun eng muhim maʼlumotlar koʻrsatiladi), muhandislik-geologik rayonlashtirish (region, oblast, rayon va ayrim maydonlar muhandislik-geologik sharoiti hisobga olinadi), maxsus muhandislik (alohida qurilish obyekti uchun tuzilib, lyosslarning namlik taʼsirida choʻkishi, surilmalar oʻrni mukammal tasvirlanadi va bashoratlanadi) va b. xaritalarga boʻlinadi.

Har bir xaritaga tushuntirish matni, muhandislik-geologik kesim va shartli belgilar ilova qilinadi. Xaritalar turli masshtablarda tuziladi. Oʻzbekiston va Oʻrta Osiyo hududlarining Muhandislik geologiyasi xaritasi tuzilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x