MUHAMMAD SO-DIK KOSHGʻARIY

MUHAMMAD SO-DIK KOSHGʻARIY (Qashqariy) (1740— Qashqar — 1849) — tarixchi, faylasuf, tilshu-nos olim, adib va shoir. Qashqardagi «Sochiya» madrasasida dunyoviy va diniy ilmlar, arab, fors tillari, sharq mumtoz adabiyotini mukammal egallagan. Muhammad So-Dik Koshgʻariy «Tazkirai azizon» («Azizlar tazkirasi») (1768-69), 1844-y. da yozilgan «Tazkirai Asʼhob ul-qahf» («Gʻor egalari tazkirasi») va «Risolai kasbdor» («Kosiblar risolasi») kabi asarlar muallifi. «Tazkirai azizon» da Maxdumi Aʼzam va uning avlodlarining Sharqiy TurkistonYorkend xonligi (1465—1759) dagi fa-oliyati, Yorkend xonligining 16—18-a. dagi siyosati, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniyat tarixini yoritib bergan. Asarda Naqshbandiya tariqati vakillari va ularning tariqatlari toʻgʻrisida muhim maʼlumotlar berilgan. Muhammad So-Dik Koshgʻariy falsafa va ped. ga oid asarlar ham yozgan. Muhammad So-Dik Koshgʻariy tilshunos olim va usta tarjimon. Tabariyning «Tarixi Tabariy» hamda Muhammad Haydarnnng «Tarixi Rashidiy» asarlarini fors tilidan turk (uygʻur) tiliga tarjima qilgan. Tarixiy asarlarning turkiy tarjimasi Markaziy Osiyo, Turkiston, Kavkaz, Kaspiy dengizining jan. etagi, Tibet, Shim. Hindiston va Afgʻonistonda yashayotgan xalqlar tarixini oʻrganishda muhim ahamiyatga ega. Muhammad So-Dik Koshgʻariy «Sodiq» taxallusi bilan turk va fors tillarida gʻazal, muxammas, ruboiy, masnaviy, qitʼalar yaratgan. Muhammad So-Dik Koshgʻariy adib sifatida oʻz zamonasida yashab ijod etgan yozuvchi, shoirlar ijodi haqida bizga yangi-yangi maʼlumotlar beradi. Oʻsha qimmatli maʼlumotlar asosida uygʻur mumtoz adabiyoti tarixi yangi namoyandalar bilan toʻldirildi. M. S. K. Qashqardagi Yusuf Xos Hojib maqbarasi oldidagi «Oq mozor» qabristoniga dafn etilgan.

Omonbek Jalilov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x