MUHAMMAD MUROD SAMARQANDIY

MUHAMMAD MUROD SAMARQANDIY (16-a.) — musavvir, Samarqand miniatyura maktabinchng yirik vakili. Oʻziga xos uslubi, yuksak badiiy saviyadagi asarlari bilan Oʻrta Osiyoda miniatyura sanʼati rivojiga katta hissa qoʻshgan. Firdavsiyning «Shohnoma» (1556-y. da koʻchirilgan nusxasini bezagan 115 ta miniatyurasi OʻzFA SHIda), Saʼdiyning «Boʻston» (Dublindagi Chester Bitti kutubxonasida) asarlariga ishlagan miniatyuralari bizgacha yetib kelgan. Muhammad Murod Samarqandiy ijodida badiiy usullarni yangilashga intilgan; anʼanaviy syujet va kompozitsiyalar tuzilishidan qochgan musavvir keskin syujetlarni tanlab olib (mas, oʻzining orqasidan ommani zulmga qarshi ergashtira olgan temirchi Kova qoʻzgʻoloni, oʻzining be-gunoxligini olovda sinash bilan isbotlagan Siyovush va b.), kishilarning qiyofalarini taʼsirchan ruhiy holatda bera olgan; kam shakllar orqali qoʻshinlar, ularning sarkardalari oʻrtasidagi qizgʻin jang lavhalarini yaratishga erishgan. Asarlar koloriti jiddiy, keng boʻyokdar gammasida yorqin ranglar bilan bir qatorda ularning xilmaxil tuslaridan ham foydalanilgan; musavvirning har bir asar uchun alohida qatʼiy ranglar uygʻunligini tanlab olishi diqqatga sazovor.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x