MUHAMMAD GʻURIY

MUHAMMAD GʻURIY, Muiziddin Muhammad (?—1206) — gʻuriylar sulolasidan boʻlgan sulton; Hindiston fotihi. 1173-y. akasi Gʻiyosiddin Muhammad Gʻuriy Gʻazni viloyatini bosib olgach, Muhammad Gʻuriy unga hokim etib tayinlangan. 1175-y. Sharqiy Afgʻoniston va Shim. Hindistonga bosqinchilik yurishlari qilishni boshlagan. 1186-y. soʻnggi gʻaznaviylar poytaxti Lohurni bosib olib, Gʻaznaviylar davlatiga xotima bergan. 1192-y. Gorain yonida Shim. Hindistonning rajput hukmdorlari qoʻshinlarini tormor keltirgan va bir necha yil ichida Gang daryosi vodiysidagi koʻplab yerlarni egallab olgan. Gʻiyosiddinning vafotidan soʻng (1203), Gʻuriylar davlati sultoni boʻlgan. Bu davlat hududi Afgʻonistonning katta qismi va Shim. Hindistondan tarkib topgan. X,indlarning gakhar qabilasi tomonidan oʻldirilgan (1206). Muhammad Gʻuriy saltanati xarobalarida Dehli sultonligi barpo etilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x