MUHAMMAD BUXORIY

MUHAMMAD BUXORIY (toʻliq nomi Muhammad Said binni Mirzo Buxoriy, 17-a.) — musavvir; Kamoliddin Bexzod, Maxmud Muzaxxib, Muhammad Murod Samarqandsh anʼanalarining davomchisi. Muhammad Buxoriy yaratgan miniatyuralar adabiy asarlarning, tasviriy bayoni boʻlishi bilan birga mahalliy xalqning koʻchmanchilik turmushi, qishloq hayotining badiiy ifodasi sifatida ham qimmatli. Jumladan, Oʻzbekiston FA Sharqshu-noslik intida saqlanayotgan Durbekning «Yusuf va Zulayho» dostoniga ishlagan 5 ta moʻjaz rasmlari saqlangan. Muhammad Buxoriy rasmlaridan biri «Yusuf va uning ogʻalari» (1616) asarida tiniq ranglar, asar syujetining aniq tafsiloti orqali monumental ruhdagi miniatyura yaratishga muyassar boʻlgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x