MONROVIYA

MONROVIYALiberiya poytaxti (1847-y. dan). Montserrado grafligining maʼmuriy markazi. Sent-Pol daryosining Atlantika okeaniga quyilish yerida joylashgan. Aholisi 450 ming kishidan ziyod. Iklimi subekvatorial, yanv. ning oʻrtacha t-rasi 28°, iyulniki 25°. Yiliga 4800 mm dan ortiq yogʻin yogʻadi. Monroviya — yirik port (yillik yuk ortib-tushirish 12 mln. t). T. y. va avtomobil yoʻllari tuguni. Chetga temir rudasi, kauchuk, palma mevasi magʻzi va moyi chiqariladi. 2 aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Mamlakat sanoat korxonalarining 60% M. da joylashgan. Asosiy sanoat tarmoqlari: oziq-ovqat, yengil, neftni k,ayta ishlash, kimyo. Yogʻochsozlik va qurilish materi-allari i. ch. ham rivojlangan. Shaharga 1822-y. da AQSHda qullikdan ozodlikka chiqib koʻchib kelgan negrlar tomonidan asos solingan va AQSH prezidenta J. Monro (1758—1831) nomi bilan atalgan. Monroviyada davlat unti, kutubxona, milliy muzey va va b. bor.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x