MONOTSITLAR

MONOTSITLAR (mono… va yun. kytos — hujayra) — donasiz leykotsitlar (agranulotsitlar)ning bir turi. Koʻmikning boshlangʻich oʻzak hujayralaridan hosil boʻladi. Monotsitlar periferik qon tarkibidagi eng katta hujayra, uning hajmi 12—20 mkm. Yadrosi protoplazmaga nisbatan katta, ovalsimon, koʻpincha «taqa» koʻrinishida, rangi (neytrofil leykotsitlar va limfotsit larnikiga nisbatan) ochroq; proto-plazmasi leykotsitlarning zangori, och koʻk rangiga qaraganda och. Protoplazmada bir necha vakuolalar boʻlib, ular hujayra yadrosi atrofida joylashgan. Sogʻlom odam qonida Monotsitlar leykotsitlarning 3—10% ini tashkil qiladi. Monotsitlar fagotsitoz qilish xususiyatiga ega va qondan toʻqimaga oʻtganda makrofaglarta aylanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x