MONOFAGLAR

MONOFAGLAR (mono… va yun. phagos — yeb qoʻyuvchi) — oziklanishga oʻta ixtisoslashgan, yaʼni faqat bir tur ozuqa bilan yashashga moslashgan organizmlar. Hasharotlar, chuvalchanglar, qisqichbaqasimonlar va yumshoq tanlilar orasida Monofaglar koʻp uchraydi. Hasharotlardan yaydoqchi afelinus (Aphelinus mali Hald.) faqat qon bitlarida, psevdafikus (Pseudaphycus malinus Gah.) esa komstok qurtida parazitlik qiladi. Sugʻorma dehqonchilik biotsenozida uchraydigan zararkunandalar sonini kamaytirishda katta xoʻjalik ahamiyatiga ega boʻlgan entomofag Monofaglardan Stethorus punctillum Wse., Scolothrips acariphagus Takh., Orius (Triphleps) albidipennis Reut. — oʻrgimchakkana yirtqichlari; Apanteles congestus wees, Microptilis spectabills Hal., Rhogas dimidiatus Spin., Sinophorus xantostomus Grav., Barylypa hemeralis Brauns va b. — kuzgi tunlam yirtqichlari; Habrobracon hebetor Say., Apanteles kazak Tel., Anilasta prinzi Meyer., Barylypa chloratica Meyer — gʻoʻza tunlaminint parazitlaridir (yana q. Parazit hasharotlar).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x