MONITORING

MONITORING (ing. monitoring — kuzatish, nazorat qilish) — maʼlum bir hodisa yoki jarayonning holatini kuzatish, hisobga olish, baholash va istiqbolini belgilash. Monitoring kundalik hayotning barcha sohalarida qoʻllanadi. Mac, ekologiya sohasida yer fondi holati boʻyicha kuzatishlar tizimi yer Monitoringi deb ataladi. Bunday Monitoring yerdagi oʻzgarishlarni oʻz vaqtida aniqlash, ularni baholash, salbiy jarayonlarning oldini olish va bartaraf etish maqsadini koʻzlaydi.

Kredit sohasida qoʻllaniladigan Monitoring, yaʼni kredit Monitoring ining mohiyati berilgan ssuda (qarz)ni qoplash va unga foiz toʻlash jarayonining borishi ustidan nazorat qilishda namoyon boʻladi. Kredit arxivi kredit Monitoringi uchun asos hisoblanadi. Bu arxivda moliyaviy hisoblangan, garov xususidagi hujjatlar, mijozning kreditga layoqatliligini aniqlash yuzasidan qilingan hisobkitoblar va b. zarur maʼlumotlar mavjud boʻladi. Kredit Monitoring ini amalga oshirish tartibi bankning maqomiga, ixtisoslashuviga, unda qabul qilingan mijozlarning kreditga layoqatliligini aniqlash usuliga bogʻliq.

Oʻzbekistonda Respublika Oliy Majlisi huzurida maxsus Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi institutы faoliyat koʻrsatadi. Keyingi vaqtda ommaviy axborot vositalari Monitoringi ham tashkil qilindi. Bu ishni Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi tarkibida tuzilgan (2002-y. 3 iyul) Ommaviy axborot vositalari monitoringi va ularni litsenziyalash markazi amalga oshiradi. Markazning asosiy vazifasi — ommaviy axborot vositalari muassislari va taxririyatlari tomonidan OʻzR ommaviy axborot vositalari, noshirlik, matbaachilikka taallukli OʻzR qonunlari, OʻzR Prezidenti farmonlari, farmoyishlari va OʻzR Vazirlar Mahkamasi qarorlari talablariga rioya etilishi ustidan Monitoringni amalga oshirishdan iborat. Markaz matbuot va axborot vositalarida fuqarolar, ommaviy axborot vositalari tahririyatlari xamda xodimlarining qadrqimmatini himoya qilish boʻyicha OʻzR Konstitutsiyasida va amaldagi boshqa qonunlarda koʻzda tutilgan talablarning buzilishiga yoʻl qoʻyilmasligini taxlil etib boradi. Markazning televideniye va radioeshittirish sohasida ommaviy axborot vositalari Monitoringi, bosma ommaviy axborot vositalari Monitoringi, litsenziyalashni tashkil etish boʻlimlari bor.

Shuningdek, mamlakatimizda Monitoringning davlat tizimidan tashqari nodavlat tashkilotlardagi koʻrinishlari ham mavjud. Bu borada «Ijtimoiy fikr» jamoatchilik fikrini oʻrganish markazipA amal qilib kelayotgan matbuot nashrlarida mavzular va mazmun Monitoringi boʻlimi faoliyatini misol keltirish mumkin. Mazkur boʻlim matbuot sahifalarida eʼlon qilib borilayotgan axborotlar majmuini kontenttahlil uslubida oʻrganadi. Monitoring ijtimoiy taraqqiyotni faollashtirishda muhim omil sanalganligi bois, uni xalq xoʻjaligining turli jabhalariga faol va keng joriy etish maqsadga muvofiqdir. Xususan, Monitoring oilada farzand tarbiyasi, taʼlim tizimida oʻzlashtirish holati va darajasi, oʻzoʻzini boshqarish organlarida aholini maqsadli ijtimoiy-himoyalash kabi ishlarni optimallashtirishda muhim vazifani bajaradi.

Ad.: Bekmurodov M., Oʻzbekistonda jamoatchilik fikri, T., 2001.

Rustam Baratov, Mansur Bekmurodov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x