MOLYER

MOLYER (Moliere) (taxallusi; asl ism-sharifi Jan Batist Poklen) (1622.15.1 – Parij – 1673.17.2) – fransuz dramaturgi, aktyori, teatr ar-bobi, sahna sanʼati islohotchisi. Lotin tili, antik adabiyotni oʻrgangan. 1645—48 y. larda sayyor teatr truppasida aktyorlik qilgan. Xalq teatr anʼ-analari bilan klassitsizm yutukdarini umumlashtirib, ijtimoiymaishiy komediya janrini yaratdi. 1658-y. dan Molyer oʻz truppasi bilan Parij va saroy teatrlarida pyesalar qoʻydi. Shoh asari — «Tartyuf» (1664) komediyasida hurfikrlikning ashaddiy dushmani — xristian cherkovi kirdikorlarini fosh etdi. Don Juan haqidagi xalq afsonalarini qayta ishlab, «Don Juan» (1665) realistik pyesasini yaratdi. «Zoʻraki nikoh» (1664), «Mizantrop», «Amfitrion», «Jorj Danen», «Xasis» (1668), «Dvoryanlar orasidagi meshchan» (1670), «Oʻqimishli ayollar» (1672), «Soxta bemor» (1673) va b. komediyalar muallifi. Molyer komediyalarida chuqur falsafiy va axloqiy masalalar qoʻyilgan. Ularda yaxshi fazilatli kishilar tasvirlangan, lekin pyesa qaxramonlari haddan tashqari talablar qoʻyib, sogʻlom fikr yuritishdan voz kechadilar, natijada bu, amalda, yaxshi fazilatning yoʻq boʻlishiga olib keladi. Molyer ijodi jahon teatri rivojiga samarali taʼsir etgan. 19-a. boshida Fransuz akademiyasiga Molyerning byusti qoʻyilgan. Har yili 17 fev. da — buyuk fransuz komediografi 1673-y. 17 fev. da soʻnggi bor saxnaga chikib rol oʻynagan kunda Parijdagi mashhur «Komedi Fransez» teatrida Molyer pyesalari namoyish etiladi. Molyerning ayrim asarlari oʻzbek tiliga tarjima qilingan: «Xasis» (1925), «Tartyuf» (1941), «Skapen nayranglari» (1950) va b.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x