MOLXONA

MOLXONAmol bokiladigan bino. Boqiladigan mol turi ga qarab qoʻylar uchun qoʻralar, qoʻtonlar, qoramollar uchun ogʻilxonalar, otlar uchun otxonalar quriladi. Ularning har biri oʻziga xos tuzilishga ega. Krramollar Molxonada boglab va bogʻlamay boqiladi. Mollar 2 qator qilib bogʻlab boqiladigan Molxonada ogʻilxona bino boʻylab qator joylashtiriladi va 1,5 m li koʻndalang yoʻllar bilan seksiyalarga boʻlinadi, oʻrtadagi 1,5 m li yoʻldan yemxashak oxurlarga tarqatiladi, ikki chetdagi 1,2 m li yoʻllardan goʻng tashiladi. Toʻrt qatorli Molxonada ozuqa tarqatiladigan ikkita va goʻng chiqariladigan uchta yoʻl qilinadi. Olti qatorlisida ogʻilxonalar uchta qoʻsh qatorga joylashtirilib, ozuqa tarqatiladigan uchta yoʻl, goʻng chiqariladigan toʻrtta yoʻl boʻladi. Molxona dagi har bir ogʻilxonada mol bogʻlash uskunalari, oxur va sugʻorgich oʻrnatiladi. Ogʻilxonalarning katgaligi, mollarning mahsuldorligi va zotdorligiga qarab, eni 1—1,2 m, boʻyi 1,7—2 m qilinadi. Molxonada qoʻshimcha binolar: yem, toʻshama va asbob-uskunalar saqlanadigan xonalar, ventilyatsiya kamerasi, xodimlar xonasi boʻladi. Molxona yaqiniga sut bloki quriladi, unda lab., sut quyiladigan, idish yuviladigan joylar, vakuumnasos, qozonxona va b. boʻladi.

Mollar bogʻlamay boqiladigan Molxona yopiq yoki uch tomoni oʻralgan yarim ochiq (ayvon koʻrinishida) boʻladi. Havo harorati —20° dan past boʻlmaydigan r-nlarda yarim ochiq Molxona quriladi. Bunday Molxona olib qoʻyiladigan toʻsikdar bilan seksiyalarga boʻlinadi. Har qaysi seksiya 60 tagacha sigirga moʻljallanadi. Mexanizmlarda goʻng chiqarish, yem-xashak va toʻshama tashib kelish uchun sek-siyalar oʻrtasidan oʻtadigan yoʻl qilinadi. Molxona maydoni uchun sutchilik xoʻjaliklarida har bir sigirga 4—5 m2, goʻsht yetishtiriladigan xoʻjaliklarda buzogʻi bilan sigirga 7 m2 hisobidan joy ajratiladi. Molxona yaqinida mollarni yayratish maydonchasi (har bir sigirga 7 — 10 m2) boʻladi, bu yerga hamma mollar uchun umumiy oxurlar va sugʻorgichlar quriladi. Molxona yaqiniga sigir sogʻiladigan bino qurilib, sogʻish uskunalari oʻrnatiladi (Chorvachilik fermasi).

Roʻzimat Hamroqulov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x