MODUL

MODUL (lot. modulus — meʼyor, oʻlchov) — 1) meʼmorlik va qurilishda — majmualar, insho-otlar va ularning kismlari oʻlchamlarini ifodalash uchun qabul qilingan asbob, oʻlchov. M. ni qoʻllash natijasida bino, inshoot yoki uning qismlari oʻlchamlaridagi takrorlanuvchan (karrali) nisbatlari beriladi, qismlar uygʻunlashadi, qismlarning mutanosibligi taʼminlanadi hamda qurilish ishlari osonlashadi. Modul sifatida uzunlik oʻlchovi (fut,metr), bino elementlaridan birining yoki qurilish buyumining oʻlchami qabul qilinadi. Memorlik orderlari tizimida Modul kolonnaning pastki qismi radiusining oʻlchamidan olingan. Qad. Oʻrta Osiyo meʼmorligida ham Modul keng qoʻllanilgan. 14—15-a. larda gaz, qari, qadam kabi oʻlchov birliklari asosida binolar tarhi tuzilganligi maʼlum.

Abu Nasr Forobiy turli oʻlchov asboblari (mas, shovun, reja, pargar, gazchoʻp va b.) oʻlchov meʼyori sifatida meʼmor-ustalarning doimiy ish quroli boʻlganligini taʼkidlaydi. Qad. Misrdagi yodgorliklardan birida meʼyor Xesira qoʻlida gazchoʻp va reja ipi ushlab turgan qiyofada tasvirlangan.

Meʼmorlikning ilk rivojlanishi davridan boshlab qurilish maydonchasida moʻljaldagi binoning shakli, yaʼni loyihasini yasash uchun asosan oddiy reja ipidan foydalanilgan. Reja ipi va qoziqlar yordamida tekis yer sathiga juda murakkab shakllar tushirish mumkin. Bular pargar va chizgʻich vazifasini oʻtagan.

Somoniylar maqbarasi, Masjidi kalon, Minorai kalon, Amir Temur maqbarasi, Ulugʻbek madrasasi va b. geometrik tarkib va uygʻunlik jihatidan Modul asosida bunyod etilgan, girih naqshlar ham dinamik kvadratdan foydalanish natijasida paydo boʻlgan va rivojlangan. Oʻrta Osiyo meʼmorlarining 16-a. da Modul asosida chizgan bir necha tarhlari Oʻzbekiston FA Sharqshunoslik inti qoʻlyozmalar fondida saqlanmoqda. Modul hozirgi zamon meʼmorligida bino qismlarini standartlash, birxillashtirish va umuman badiiy va texnik tartibga erishishda keng qoʻllanadi;

2) radioelektronikada — radioelektron apparatlarning mustaqil funksional uzeli. Tuzilishiga kura, yassi, hajmiy va hajmiy-yassi; elektron asboblar tipiga qarab, tranzistorli va lampali xillarga boʻlinadi. Modul, koʻpincha, bosma plata (asos)ga yigʻiladi. Modulni mustakil sozlash va tekshirish mumkin; bu esa radioelektron apparatlarni taʼmirlash vaqtida Modulni qoʻshimcha tuzatmay va sozlamay almashtirishga imkon beradi. Modul apparatlarni loyihalash muddatini qisqartiradi, apparatlar tayyorlashni arzonlashtiradi, apparatlarni soddalashtiradi vab. ;

3) mashinasozlikda — tishli gʻildirak (shesternya)ning geometrik parametri.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x