MODDIY MANFAATDORLIK

MODDIY MANFAATDORLIK — muayyan jamiyat, qatlamlar, guruxdar va ayrim kishilarni oʻz iqtisodiy va mehnat faoliyatlari yuqori samarali boʻlishidan manfaatdor etadigan va faollikka undaydigan obyektiv-iqtisodiy tamoyillar.

Kishilarning moddiy extiyojlari moddiy neʼmatlar bilan qondiriladi. Shuning uchun ham, tabiatni, tabiiy neʼmatlarni oʻzlashtirish (oʻzinikilashtirish), ulardan hayotiy makon va moddiytabiiy resurelar sifatida foydalanish, ijtimoiy zarur mahsulot i. ch. va isteʼmol qilish inson uchun tarixan eng birinchi moddiy extiyoj, manfaatragʻbat, obyektiv maqsad boʻlgan va rivojlanib kelgan.

Kishilik jamiyati taraqqiyotining turli davrlarida Moddiy manfaatdorlik turli xilda va turli darajalarda namoyon boʻladi. Mac, ibtidoiy jamoa tuzumi davrida, tabiatni va uning neʼmatlarini birlashib oʻzlashtirish va egalik qilishdan, mahsulotlarni birgalikda umumiy mehnat bilan qoʻlga kiritish va teng taqsimlash sharoitida oʻzlariga tegishli yerlarni va b. neʼmatlarni turli xil tajovuzlardan birgalikda himoya qilishdan, mahsulotlarni koʻproq i. ch. dan va isteʼmol kilishdan yuqori darajada moddiy manfaatdor edilar; ularda umumiy manfaat kuchli edi. Quldorning oʻz xoʻjaligidagi qullarning va oʻzining (oila xoʻjaligi) extiyojlari uchun yetarli va undan koʻproq miqdorda mahsulot yetishtirilishidan moddiy manfaatdorligi bor edi. Qullar esa oʻz mulklariga ega emasliklari, mulk orttirishga haqhuquklari boʻlmaganliklari, aksincha, oʻzlari quldorlarning mulki boʻlganliklari sababli koʻproq va samarali mehnat qilishdan manfaatdor emas edilar, balki, koʻproq isteʼmol qilishdan manfaatdor edilar. Zamindorlik va shaxsiy qaramlik hukmron jamiyatlarda qaram deqxrnlar oʻzlariga ajratilgan yerlarda unumli, samarali mexmat kilishdan manfaatdor edilar, chunki yerlardan olingan mahsulotlar ularning oʻzlariga tegishli boʻlar edi (q. Zamshdor, Zamshdori).

Ishlab chiqaruvchi kuchlar va ijtimoiy mehnat taqsimoti rivojlanib, mulkiy munosabatlar takomillashib bozor munosabatlari rivojlandi, na-tural i. ch. oʻrniga tovarli-bozorli xoʻjaliklar va i. ch. vujudga keldi; ularning tabaqalanishi natijasida milliy iqtisodiyotlar shakllandi va rivojlandi. hoz. paytda esa bozor iqtisodiyotining turli xillari, turlari, milliy modellari mavjud boʻlib, ularda umumdemokratik-insoniy munosabatlar, tamoyillar tobora koʻproq qaror topmoqda. Bunday jarayonlar kishilik jamiyatida iqtisodiy munosabatlarning va manfaatlarning hamda Moddiy manfaatdorlikning xilma-xilligini kuchaytirmoqda. Shu bilan birga, bozor iqtisodiyotining ijtimoiy-iqtisodiy muqobil xillari va modellari qanday boʻlishidan qatʼi nazar, ular uchun umumiy boʻlgan baʼzi manfaat va ragʻbatlar ham borki, ular Moddiy manfaatdorlikni taʼminlashda va kuchaytirishda va shu orqali iqtisodiy taraqqiyotni jadallashtirishda juda muhim ahamiyatga egadir.

Bozor iqtisodiyotiga xos boʻlgan xilma-xil mulkchilik, erkin sohibkorlik va koʻp ukladli xoʻjalik tizimi, narx belgilash mexanizmi, raqobat va b. barcha kishilarning, xoʻjalik subyektlarining oʻz iqtisodiy faoliyatlari va mehnatlari natijalari hamda shartnomaviy majburiyatlari boʻyicha masʼuliyatlarini, Moddiy manfaatdorlik ini nihoyatda kuchaytiradi, har bir shaxs oʻzining iqtisodiy faoliyati, mehnat orqali oʻz daromadlari va mulkini koʻpaytirishga intiladi. Ish haqi, foyda, foiz, renta, dividend kabi daromad turlari, ularni koʻpaytirish imkoniyati shaxslarning Moddiy manfaatdorlikni va faolligini oshiruvchi juda muhim iqtisodiy ragʻbat, dastak va shart-sharoitdir.

Oʻzbekistonda bozor iqtisodiyoti negizlari — i. ch. vositalariga va b. neʼmatlarga xilma-xil mulkchilik va koʻp ukladli xoʻjalik asoslari yaratildi, boshqariladigan bozor munosabatlari, asosan, shakllandi va takomillashmoqda, mulkka va xoʻjalikka mustaqil egalik qilish, xususiy va erkin xoʻjalik yuritish, erkin mehnat qilish va daromad olish imkoniyatlari vujudga keldi va kengaymoqda.

Ad.: Karimov I. A., Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot—pirovard maqsadimiz, T., 2000; Smit A., Issledovaniye o prirode i prichinax bogatstva narodov, Moddiy manfaatdorlik, 1962.

Erlis Alщulov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x