MODALLIK

MODALLIK (lot. modalis — oʻlchov, usul) — fikrning voqelikka boʻlgan munosabatlarining turli xil koʻrinishlarini, shuningdek, bildirilayotgan narsalarning subyektiv tarzda tasniflanishining turlicha koʻrinishlarini ifodalovchi funksional-semantik kategoriya. «Modallik» tushunchasini fanga Aristotel olib kirgan. «Modallik» termini maʼnaviy hajmi, grammatik xususiyatlari hamda til qurilishining turli sathlarida shakllanganligi darajasiga koʻra xilmaxil boʻlgan hodisalarni ifodalash uchun qoʻllanadi. Modallik shaxs va zamon maʼnolari b-n birgalikda predikativlik kategoriyasini hosil qiladi. Modallik obyektiv va subyektiv boʻlishi mumkin. Obyektiv Modallik bildirilayotgan fikrning voqelikka munosabati (real va noreal, imkoniyat va imkonsizlik, zaruriyat va ehtimollik kabi)ni anglatadi hamda grammatik va leksik vositalar (mayl, modal soʻz, yuklama, intonatsiya) yordamida ifodalanadi. Subyektiv Modallik esa soʻzlovchining aytilayotgan fikr (ishonch yoki ishonchsizlik, rozilik yoki norozilik, eks-pressiv baho) ga munosabatini koʻrsatadi va soʻz tartibi, intonatsiya, leksik takror, modal soʻz, yuklama, undov, kirish soʻz, soʻz birikmasi va kirish gaplar bilan ifodalanadi.

Aristotelning shogird va sharhlovchilari Teofrast, Yevdem Rodosskiy va b. M. ka koʻra hukmlar orasidagi tafo-vutlarni oʻrganganlar. Bugungi mantiq va falsafada hukmlarning I. Kant taklif etgan tasnifi keng qoʻllanadi. Mazkur tasnifga binoan, qukmlar as-sertorik (voqelik muhokamasi), apodiktik (zaruriyat muhokamasi) va mu-ammoli (imkoniyat muhokamasi) turlarga boʻlinadi. Modallik asliy (mutlaq) va nisbiy (shartli) boʻlishi mumkin. «Rost» va «yolgʻon», «isbotli» va «isbotsiz» yoki «inkor etiladigan» hukmlar ham mantiq va mantiqiy semantika fanlarida Modallik doirasiga kiritiladi.

Ibodulla Mirzayev.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x