MIYELOMA

MIYELOMA (yun. myelos — koʻmik va ota (lat.) — oʻsma), miyelomatoz — kon sistemasi kasalligi; leikozlarning bir turi. Kasallik koʻmikning genetik oʻzgargan plazmatik (miyelom) hujayralari koʻpayib ketishi, oqsil va mineral almashinuvining buzilishi, shuningdek, suyak, kon yaratish, siydik ajratish sistemalarida oʻziga xos oʻzgarishlar roʻy berishi bilan kechadi. Kon zardobida gamma-globulin — paraprotein oqsili hosil boʻladi. Miyelomada koʻkrak qafasi suyaklari, umurtqalar, chanoqson boʻgʻimida ogʻriq, baʼzan suyaklarning oʻzoʻzidan sinishi kuzatiladi. Gipoxrom anemiya, leykopeniya, trombotsitopeniya; oqsil almashinuvining izdan chiqishi buyraklar zararlanishiga, bu esa, oʻz navbatida, uremiyata olib kelishi mumkin.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x