MISSURI

MISSURI — AQSHning markaziy qismidagi shtat. Missisipi va Missuri daryolari havzasida. Mayd. 180,5 ming km2. Aholisi 5,67 mln. kishi (2002), shundan 69% shaharlarda yashaydi. Maʼmuriy markazi — Jefferson-Siti sh. ; yirik shaharlari — SentLuis va Kanzas-Siti. Missurining yer yuzasi toʻlqinsimon tekislik. Jan. da Ozark platosi (eng baland joyi 540 m) bor. Iqlimi moʻtadil iqlim. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi — G, iyulniki 26°. Yillik yogʻin 1000 mm; tez-tez qurgʻoqchilik boʻlib turadi. Daryolari kuchli toshadi.

Missuri — industrial-agrar shtat. Iqtisodiy faol aholining 25% sanoatda band. Qoʻrgʻoshin, temir rudasi, toshkoʻmir, bariy, qurilish materiallari qazib chiqariladi. Mashinasozlik va oziq-ovqat sanoatlari rivojlangan. Aviaraketa, avtomobilsozlik, radioelektronika, kimyo, goʻsht-konserva, un tortish korxonalari bor. Yoʻl qurish va q. x. mashinalari, koʻn-poyabzal, sement ishlab chiqariladi. Kora va rangli metallurgiya korxonalari mavjud. Q. x. ning yetakchi tarmogʻi — chorvachilik. Qoramol, choʻchqa boqiladi. Asosiy q. x. ekinlari: makkajoʻxori, soya, bugdoy. Ozark platosida suli, Missisipi daryosi vodiysida paxta ekiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x