MISR

MISR, Qadimgi Misr — Afrikaning shim.-sharqida, Nil daryosining quyi oqimida joylashgan qad. davlat.

Tarixi. Misrda odamlar paleolit davridan boshlab yashagan. Mil. av. 10—6ming yillikda Nil atrofidagi savannalarda tarqoq yashagan qabilalar terimchilik, ovchilik, keyinroq esa baliq ovlash bilan shugʻullanishgan. Ular orasida kad. som xalqlariga mansub qabilalar, barbarlar va kushitlar • boʻlib, ularning aralashuvidan mil. av. 4ming yillikda Misr xalqi vujudga kelgan. Aholi nufusining ortishi chorvachilik va dehqonchilikka oʻtishni tezlashtirgan, bu esa hududiy jamoalarning paydo boʻlishiga olib kelgan.

Dehqonchilik qilish uchun kanallar, toʻgʻonlar qurish zaruriyati tugʻilgan, buning uchun esa oʻzaro urushlarda asir tush gan qullar mehnatidan foydalanilgan. Natijada jamoada ijtimoiy tabaqalanish roʻy berib, urugʻ zodagonlari ajralibʻchiqqan, qabila sardorlari podshohchalarga aylangan. Bir qancha mayda quldorlik davlatlar vujudga kelgan. Keyinchalik ular oʻrtasidagi kurash natijasida, shim. da Quyi Misr, jan. da Yuqori Misr podsholiklari tuzilgan. Mil. av. taxm. 3ming yillikda ikkala podsholik birlashib, yagona davlat barpo boʻlgan. Misrning key-ingi tarixi 4 asosiy davrga boʻlinadi: Ilk podsholik (mil. av. taxm. 3000 — 2800), Qadimgi podsholik (mil. av. taxm. 2800—2250), Oʻrta podsholik (mil. av. taxm. 2050—1700), Yangi podsholik (mil. av. 1580—1070), Soʻnggi (Liviya-Sais va Eron) davr (mil. av. taxm. 1070—332).

Ilk podsholik davri sugʻorish tarmoqlarining rivojlanishi, tosh va mis kurollarining mukammallashuvi, kulolchilik charxining paydo boʻlishi, ayirboshlash savdosining taraqqiy etishi bilan xarakterlidir. Bu davrda davlat apparati va unga xizmat qiluvchi amaldorlar — kotiblar tabakasi shakllangan, maʼmuriy okruglar — nomlar tashkil topib, ularni noma rxl ar boshqargan, muntazam ravishda bosqinchilik yurishlari uyushtirilib turilgan, jumladan, jan. ga — Kush (Nubiya)ga, shim.-gʻarbga — liviyaliklarga va Sinay ya. o. dagi badaviylarga qarshi (bu yerda mis konlari bor edi) yurishlar qilingan.

Qad. podsholik davrida q. x., hunarmandchilik, savdo va qurilish rivojlanishda davom etgan. Xususiy yer egaligi paydo boʻlgan. Oliy mansabdor — tchati (vazir) bosh boʻlgan davlat apparati mustahkamlangan. Firʼavnlar, shuningdek, bosh kohin ham boʻlib, barcha yer va fuqarolarning egasi hisoblangan. Jamoa aʼzolari va qisman kelgindilar (asosan, Kush aholisi)dan tuzilgan muntazam qoʻshin barpo qilingan. Ilohiylashtirilgan firʼavnlarning mutlaq hokimiyati gʻoyasi mahobatli maqbaralar — ehromlar qurilishida mujassamlantirilgan. Bu ayniqsa III — IV sulolalar davrida (Snofru, Xeops, Xefren, Mikerin ehromlari) avj olgan. Ularni bunyod etishda qul va dehqonlar mehnatidan keng foydalanilgan.

Mil. av. 23—22-a. larda Misr oʻzaro nizoda boʻlgan bir qancha nomlar va mayda davlatlarga boʻlinib ketgan. Taxm. 2050-y. Mentuxotep I davrida mamlakat Fiva sh. gegemonligi ostida qayta birlashgan. Bu shaxar Misrning poytaxtiga aylangan.

Oʻrta podsholik davrida, asosan, XII sulola vakillari hukmronlik qilishgan. Fayyum vohasida yirik irrigatsiya ishlari olib borilgan. Jez (bronza) buyumlari paydo boʻlgan. Suriya, Krit, jan. da — Punt bilan aloqalar kuchaygan. Senusert III davrida Kush (Nubiya)ning bir qismi Misrga qoʻshib olingan. XII sulolaga mansub dastlabki firʼavnlar davrida oʻzaro ichki nizolar davom etmoqda edi. Faqat Amenemxet III davrida (19-a. ning 2-yarmi) isyonkor nomarxlar boʻysundirilib, markaziy hokimiyat mustahkamlangan. Ittaun sh. M. poytaxtiga aylangan. Biroq mulkiy tabaqalanishning kuchayishi kambagʻallarning qoʻzgʻoloniga sabab boʻlgan, natijada taxm. 1750-y. mamlakat yana parchalanib ketgan. Taxm. 1700-y. M. ga shim.-sharqdan giksoslar bostirib kirib, mamlakatning katta qismini deyarli 110-y. egallab turganlar. Avarisda qoʻnim topgan ularning podshoxlari XV va XVI sulolani tashkil etishgan. Fivada mahalliy hukmdorlar saqlanib qolgan (XVI1 sulola). Ushbu sulolaga mansub firʼavnlardan Sekenenra va Kamos ozodlik urushini boshlab yuborishgan, bu kurash ularning vorisi XVIII sulola asoschisi Yaxmos I (Amasis) tomonidan muvaffaqiyatli yakunlangan. U taxm. 1580-y. giksoslarni Misrdan quvib chiqargan. Shundan soʻng tiklangan Misr davlati Yangi podsholik deb atalgan. Bu davrda jezdan keng qoʻllanila boshlangan, temirdan ishlangan dastlabki buyumlar paydo boʻlgan, metallsozlik, toʻqimachilik dastgohi va omoch takomillashgan, gʻildirakli ara-valar keng tarqalgan, shishasozlik rivojlangan. Boʻysundirilgan va qoʻshni mamlakatlardan oʻlpon sifatida va ayirboshlash yoʻli b-n xom ashyo olib kelingan, jumladan, kumush, qoʻrgʻoshin, mis, yogʻoch materiallari Suriya va Falastindan, oltin, fil suyagi Kushdan, xushboʻy atirlar, oliy nav daraxt koʻchatlari Puntdan keltirilgan. Malika Xatshepsut tomonidan Puntga joʻnatilgan flot haqidagi maʼlumot saqlangan. Xususiy qulchilik nihoyatda keng rivojlangan. Muvaffaqiyatli harbiy yurishlardan soʻng 10 minglab qullar keltirilgan. Tinimsiz davom etgan urushlar XVIII—XX sulolalar firʼavnlarini qoʻshin tuzilishini takomillashtirishni oʻylashga majbur qilgan, qoʻshin asosini zodagon aravakashlar tashkil qilgan. Piyoda qoʻshin uchun namunaviy qurol, xususan, ulama kamon joriy etilgan. Bu tadbirlar armiyaning jan-govarlik qobiliyatini oshirgan. Yaxmosning vorislari Tutmos I, ayniqsa, Tutmos III, Amenxotep II shim. da Suriya va Falastinni, jan. da — Kushning bir qismini Misrga qoʻshib olganlar. Mitanni, Bobil va Xett podsholigi bilan muntazam diplomatik alokalar oʻrnatilgan. Amenxotep III davrida (15-a. ning 2-yarmi) Misr oʻz qudratining yuksak choʻqqisiga yetgan. Firʼavnlardan katta yerlar, qullar, oltin va b. olib turgan ibodatxonalar mavqeining ortishi kohinlarni podsho hokimiyati bilan toʻqnashuviga olib kelgan. Kohinlar va zodagon nomlar mavqeini pasaytirish maqsadida Amenxotep IV (Exnaton) mayda va oʻrta yer egalariga tayangan holda diniy islo-hot oʻtkazgan, xususan, eski maʼbudlarga sigʻinishni bekor qilib, yagona quyosh maʼbudi — Atonga sigʻinishni joriy qilgan. Exnaton oʻz qarorgohini yangi qurgan shahri Axetatonga (hoz. Al-Amarna) koʻchirgan. Firʼavn bilan kohinlar oʻrtasidagi kurash Misrni za-iflashtirgan; 14-a. ning 1-yarmida u shim. dagi barcha mulklardan ajralgan. Exnatonning vafotidan soʻng firʼavnlardan Tutanxamon va Xoremxeb davrida kohinlar va zodagonlar eski dinni tiklashga erishganlar. XIX sulolaning eng mashhur vakili Ramses I davrida Suriyani egallash uchun xettlar bilan kurash olib borilgan. Mil. av. 13-a. ning 2-yarmi —12-a. boshida, firʼavnlar Merneptax va Ramses IV davrida «dengiz xalqlari» va liviyaliklar bosqini qaytarilgan.

Uzok, davom etgan urushlar Misrning iqtisodiy, siyosiy va harbiy jihatdan zaiflashuviga olib kelgan; XX sulola hukmronligining oxiriga kelib Suriya va Kushning jan. viloyatlaridagi mulklar qoʻldan ketgan. Ramses XII davrida (mil. av. taxm. 1070-y.) Fivadagi hokimiyat amalda Amon maʼbudning oliy kohini — Xerixor qoʻliga oʻtgan.

Soʻnggi (Liviya — Sais va Eron) davrida temirdan foydalanish, pul muomalasi keng tarqalgan. 11-a. ning 2-yarmi —10-a. boshida Misrning navbatdagi parchalanishidan soʻng liviyalik harbiylar rahbari Sheshoik 10-a. oʻrtasida Bubastisda xrkimiyatni qoʻlga olib, XXII sulolani boshlab bergan. Bu sulola firʼavnlari Misrni yagona davlat qilib birlashtirishga intilganlar. Mil. av. 8-a. 2-yarmida M. Kushga tobe boʻlib qolgan (XXV sulola), mil. av. 671-y. esa ossuriyaliklar tomonidan bosib olingan. Sais hokimi Psammetix 1 (663—610) yunon va kariyalik yollanma qoʻshin yordamida mamlakatni ozod qilishga va uni birlashtirishga erishgan. U va uning vorisi Nexo II davrida Yunoniston va Sharqiy Oʻrta dengizning boshqa mamlakatlari bilan mustahkam savdo aloqalari oʻrnatilgan, Deltada yunonlar manzilgohi (koloniyasi) Navkratisga asos solinadi, Nilni Qizil dengiz bilan bogʻlovchi kanal kaziladi; Nexo II tomonidan yuborilgan finikiyalik dengizchilar Afrika qitʼasini Sharkdan Gʻarbga aylanib oʻtishgan. Nexo II, Psammetix II va Apriy Suriya va Falastinga egalik qilish uchun Bobil bilan kurash olib borishgan. Biroq zaiflashib qrlgan M. Eron podshosi Kambis qoʻshini zarbasini qaytara olmagan va mil. av. 525-y. Axomaniylar davlati tarkibiga qoʻshib yuborilgan. Mil. av. 331-y. Aleksandr (Iskandar Maqduniy) axomaniylarga qarshi yurishi chogʻida Misrni bosib olgan. Shundan soʻng Misr ellinistik dunyoning bir qismiga aylangan. Makedoniyalik Iskandar tomonidan asos solingan Iskandariya sh. eng yirik savdo va madaniy markazga aylangan. Misrda hunarmandchilik va savdoning yangi markazlari vujudga kelgan, savdo aloqalari (Arabiston va Hindistongacha) kengaygan, Gʻarb va Sharq davlatlari madaniyatlarining uygʻunlashuvi sodir boʻlgan. Mil. av. 2-a. ning oxiriga kelib i. ch. pasaygan, bozorlar kamaygan, iqtisodiy va siyosiy tushkunlik roʻy bergan. Mil. av. 2-a. boshlarida Sshavkiylar davlati va Makedoniya bilan boʻlgan urushlardan soʻng Misr koʻp yerlaridan ajralgan. Mamlakatda oʻzaro ichki nizolar, xalq galayonlari avj olgan. Bu davrda Rim M. ning ichki ishlariga aralasha boshlagan. Misr zodagonlari uning yordamida galayonlarni bostirishga harakat qilgan. Bu M. ni rimliklar Misrliklar maʼbudi Tot—iyerogrif yozuvi ijodkori (papirus; London, Britaniya muzeyi). tomonidan bosib olinishiga imkon bergan, natijada mil. av. 30 y. dan Misr — Rim viloyati. Mil. 395-y. Rim imperiyasi boʻlingach, Sharqiy Rim imperiyasi (Vizantiya) viloyati. 619-y. Eron shohi Xusrav II Vizantiyaning zaiflashib qolganidan foydalanib, Misrni bosib olgan. 639—642-y. larda Misrni arablar zabt etgan. Misrning keyingi tarixi haqida Misr Arab Respublikasi maqolasiga qarang.

Qad. Misr hukmdorlari. Ilk podsholik. 1sulola: Meneye, Jer, Den, Semerxet, Ka. 2sulola: Xotep-Sexe-mui, Nebra, Peribsen, Xasexem, Xa-sexemui. Qad. podsholik. 3sulola: Joser, Sexemxet, Neferka. 4sulola (mil. av. 28—26a. oʻrtalari): Snofru, Xeops (Xufu), Xafra (Xefren), Mikerin (Menkaura), Shebeyeskaf. 5sulola (mil. av. 26—25-a. lar): Userkaf, Neferirkara, Neuserra, Isesi, Una. 6sulola: (mil. av. 25—23-a. oʻrtalari); Teti I, Piopi I, Merenra I, Piopi II, Merenra II. 7, 8, 9sulolalar (mil. av. 23—22-a. oʻrtalari). 10sulola (mil. av. 22—21-a. oʻrtalari). 11sulola: Antef 1 Sexertaui, Menxuxotep III Nebxepetra.

Oʻrta podsholik. 11sulola: Mentuxotep IV Sanxkara (2015—2007), Mentuxotep V Nebtauira (2007—2000). 12sulola (2000—1787): Amenemxet I (2000-1970), Senusert I (1970-1934), Amenemxet II (1934—1896), Senusert III (1884—1849), Amenemxet III (1849 — 1801). 13 – sulola (1785—1700). 14sulola (1680-y. gacha). 15 – va 16 – (giksoslar) sulola (1700—?). 17sulola (1680 — 1580): Senenenra, Kamos. Yangi podsholik. 18sulola (1580—14-a. oʻrtalari): Yaxmos I (1580—1559), Amenxotep I (1559-1538), Tutmos I (1538-1525), Tutmos II va Xatshepsut (1523—1503), Tutmos III (1503—1491), Amenxotep III (1455—1419), Amenxotep IV (Exnaton, 1419—1400), Tutanxamon (1400—1392), Xoremxeb (14-a. oʻrtalari). 19sulola (1342-1206): Seti I (1337-1317), Ramses II (1290—1224). 20sulola (1204 — 1085): Ramses IV (1204—1180), Ramses XII (1112—1070). Soʻnggi podsholik (mil. av. 11—4-a. lar). 21sulola (1085—950): Xerixor (Fiva), Smendes (Tanis) (1035— 1054). 22-(liviyalik) sulola (950-730): Sheshoik (950-929). Osorkon I (929-893), Takelot 1 (893-870), Osorkon II (870— 847), Sheshoik III (823-772). 23sulola (817-730): Pe-dubast (817—763), Sheshoik IV (763 — 757). 24sulola (730—715): Bokxoris (720 — 715). 25 – (nubiylar) sulola (751-656): Pianxi (751-716), Shabaka (716-701), Shabataka (701-689), Taxarka (689—663), Tanutamon (663 — 656). 26 – sais (sulola) (663 — 525): Psammetix I (663—610), Nexo II (610-594), Psammetix II (594—588), Apriy (588-569), Yaxmos II (569-525). 27-(forelar) sulola (525—404, yana q. Axomaniylar), 28sulola (404—398). 29sulola (398—378). 30sulola (378—341). 31 – (forelar) sulola (341—322, yana q. Axomaniylar).

Maorifi. Qad. podsholik davrida firʼavnlar saroyida boʻlajak mirzalarni tayyorlaydigan maktablar tashkil qilingan. Keyinchalik ibodatxonalar va yirik davlat idoralari qoshida xam maktablar ochilgan. Maktabda 5 yoshdan 16 yoshgacha boʻlgan bolalar oʻqitilgan; 12 yoshdan boshlab talabalar idoralarda mirzalik qilishgan. Mashgʻulotlar tong saxardan kechgacha davom etgan; maktabda qattiq in-tizom joriy etilgan, tan jazosi qoʻllanilgan. Oʻquv, yozuv va hisob asosiy fanlar boʻlgan. Oʻquv predmetlaridan tashqari, maktabda gimnastika mashgʻulotlari va suzish, yaxshi muomalaga oʻrgatilgan. Ibodatxonalar qoshidagi maktablarda umumiy va diniy bilimlar bilan birga astronomiya, tibbiyot oʻrgatilgan. Zodagonlarning bolalari qoʻshin boshliklari tayyorlaydigan harbiy maktablarda taʼlim olishgan.

Texnika va fani. Nil vodiysida paleolit davridayoq mehnat qurollari ishlangan. Keyinchalik neolit davrida (mil. av. 5ming yillik) aholi ovchilikdan chorvachilik, soʻngra dehqonchilikka oʻtishi bilan tosh, suyak va yogʻochdan ishlangan dastlabki q. x. asboblari — choʻkich, oʻroq va b. paydo boʻlgan. Mil. av. 4ming yillikdan boshlab, mis ishlatila boshlangan, kulolchilik dastgohi paydo boʻlgan. 3ming yillikdan shishasozlik rivojlana boshlagan. 2-ming yillikdan jezdan foydalanila boshlangan. Temirdan yasalgan ilk buyumlar mil. av. 2-ming yillik oʻrtalariga oiddir. Misrliklar oltin va kumushdan haqiqiy sanʼat asarlarini yaratganlar. Sunʼiy sugʻorishdan keng foydalanilgan, kanal va toʻgʻonlar bunyod etilgan. Yuqoriga suv chiqarish uchun laylak (havoza-shaduf), chigʻir (sakkis)dan foydalanishgan. Ilk podsholik davrida omoch paydo boʻlgan.

Qad. Misrda asosiy qurilish materiali sifatida loy va qamishdan foydalanilgan. Firʼavnlar saroyi va qalʼalar qurilishida xom gʻisht ishlatilgan. Toshlarga sayqal berishda misrliklar ajoyib yutuklarga erishganlar. Ehromlar qurishda ishlatiladigan katta tosh plitalarni yuqoriga richag, havoza yordamida koʻtarganlar. Mat., astronomiya taraqqiy etgan. Kohinlar va mirzalar oddiy asboblar (chizgich, tosh bogʻlangan ip) yordamida sayyoralar va yulduzlarning holatini belgilashgan. Vaqtni belgilash uchun quyosh va suv so-atlari (klependralar)dan foydalanganlar. Sodda geografik xaritalar va shahar loyihasi rejalari tuzilgan. Misr liklar planimetriya, ayniqsa, stereometriya sohasida bilimli boʻlishgan; toʻgʻri toʻrtburchaklar, uchburchaklar, aylanalar yuzasi, oddiy va kesik piramidalar sirti va hajmini hisoblab chiqishgan. Yil 3 mavsum (toshqin, oʻrim, qurgʻoqchilik) va 12 oyga boʻlingan. Har oy 30 kundan iborat boʻlgan, yil oxirida qoʻshimcha 5 kun kiritilgan, bu har 4 yilda astronomik yil bilan kalendar yili oʻrtasidagi 1 kunga farq qilinishiga imkon bergan. Jarrohlik rivojlangan, tabiblar bosh miyani ochganlar, tishlarga plomba qoʻyganlar. Jasadlarni mumiyolashda turli anvoi xushboʻyliklar, doridarmonlar, boʻyoqlar va b. ni tayyorlashgan.

Misr liklarning turli sohalardagi bilimlari jahon fanining rivojiga muhim hissa qoʻshgan. Yunonlar Misrni qad. donishmandlar yurti deb, Misr liklarni esa oʻz ustozlari deb hisoblab kelishgan.

Mifologiya va dini. Misr miflari orasida markaziy oʻrinni dunyoni yaratilishi, insonlarni qilgan gunoxlari uchun jazolash, quyosh xudosi Ra bilan ilon Apop obrazidagi zulmat kuchlari oʻrtasidagi kurash, Osirisning oʻlimi va qayta tirilishi va b. egallaydi.

Misr liklar dini ilk urugʻdoshlik jamoalarida vujudga kelgan. Diniy anʼanalar mustahkam va turgʻun boʻlgan. Fetishizm, totemizm ayniqsa, hayvonlarga topinish, Misrda uzoq vaqt davom etgan. Politeizm mavjud boʻlgan. Deyarli har bir maʼbud qandaydir hayvon koʻrinishida tasvirlangan. Mac, Anubis maʼbudi boʻri, maʼbuda Bast — mushuk koʻrinishida tasvirlangan. Keyinchalik maʼbudlar insoniy qiyofa olgan. Aholi dehqonchilik va chorvachilik bilan shugʻullana boshlagach, turli xil tabiat kuchlarini oʻzida ifodalovchi maʼbudlarga, jumladan, osmon (maʼbud Nut), Yer (maʼbud Geb), Quyosh (maʼbud Ra), Oy (maʼbud Tot) va b. ga sigʻinish kuchaygan. Xapi maʼbudi obrazida Misrlik dehqonlar Nil daryosiga sigʻinishgan. Misrda juda boy diniy va jodu kitoblari yaratilgan. Afsunlar, duolar, sharxlar, maʼbudlarga iltijolar toʻplam qilingan (mas, «Ehrom matnlari», «Sarqofa matnlari», «Murdalar kitobi» va b.). Qad. Misr ilo-hiyoti antik dunyo dinlarida keng tarqalib, xristian aqidalari, urf-odatlariga katta taʼsir koʻrsatgan.

Adabiyoti. Misr tilida yozilgan eng qad. yodgorliklar mil. av. 3ming yillikka, soʻnggilari esa mil. ning boshlariga oiddir. Misr adabiyoti namunalari bizgacha koʻplab iyeroglif, iyeratik va demotik matnlarda yetib kelgan. M. Adabiyoti Firʼavn Taxarka ulkan lochin kiyofasidagi maʼbud, Gorga sajda qilmoqda (zarhal jez; Parij, Luvr). dunyodagi eng kad. adabiyotlardan biridir. Misr adabiyotining asosiy janrlari: ertaklar, qissalar, madhiyalar va duolar, didaktik asarlar, masallar, dostonlar, sevgi lirikasi va b. dir.

Badiiy adabiyot yodgorliklari bilan birga Misr adabiyotiga ehrom matnlari va adabiy salohiyatga ega boʻlgan shohlar va amaldorlarning bitiklari ham kiritiladi. Misr adabiyoti qadimda boshqa xalqlar adabiyotiga, jumladan, yunon adabiyotiga (ayniqsa, yunonrim) ham taʼsir koʻrsatgan. Baʼzi syujetlar yunonlar orqali Yevropa xalqlari adabiyotiga kirib kelgan.

Meʼmorlik, tasviriy va amaliy-bezak sanʼati. Din va ilohiylashtirilgan firʼavn kulti ehtiyojlariga xizmat qilishi lozim boʻlgan Misr sanʼati oʻz gʻoyalarini qatʼiy belgilangan shaklda ifodalagan. Meʼmorlik firʼavnlar hokimiyatining qudratini, ulugʻvorligini va mashhurligini koʻrsatishga qaratilgan, shu maqsadda bino (ehrom, ibodatxona, saroy va b.) larning ulkan, hashamatli boʻlishiga ahamiyat berildi.

Nil daryosi vodiysidagi badiiy madaniyat yodgorliklari qadimdan maʼlum. Mil. av. 5—4ming yilliklarda loy va qamishdan qurilgan turar joylar oʻrniga asta-sekin yogʻoch va xom gʻishtdan toʻgʻri toʻrtburchak tarxli turar joylar qurilgan. Ilk podsholik davrida qad. Misr sanʼati tamoyillari, turlari va janrlari shakllangan. Bu davrda diniy meʼmorlikning asosiy turi — mastabalar toʻgʻri toʻrtburchak tarxda koʻplab qurilgan. Haykaltaroshlikda geometrik uygʻunlik, simmetriya va statistikaga eʼtibor berilgan (firʼavn Xasaxem xaykali, mil. av. 3ming yillik boshlari).

Qad. podsholik davrida badiiy usullar takomillashgan, yangi meʼmoriy tiplar paydo boʻlgan. Meʼmor Imxotep exromning meʼmoriy tipini yaratadi. U firʼavn Joser uchun Sakkarada marhumlar ruhiga bagʻishlab marosimlar oʻtkaziladigan majmua bunyod etadi, uning markazida pogʻonali maqbara — ehrom (bal. 60 m., asosi 109,2×121 m) qurgan. Keyinchalik Qad. podsholik meʼmorlari faqat ehrom shakllarini takomillashtirganlar. Gizada meʼmor Xemnun firʼavn Xeops uchun qurgan ehrom (bal. 146,59 m, asosi 233×233 m), shuningdek, firʼavnlar Xefren (bal. 143,3 m, asosi 215,25×215,25 m), Mi-kerin (bal. 62 m, asosi 108,4×108,4 m) ehromlari (barchasi Gizada) shunday inshootlar qatoriga kiradi. Qad. podsholik davrida ibodatxonalarning yangi tipi paydo boʻlgan, ular odatda Misrning bosh maʼbudi — Quyosh maʼ-budi Raga bagʻishlangan. Toʻgʻri toʻrtburchak tarhli bunday ibodatxonani, odatda, ochiq qovlisi boʻlib, uning chekkalarida sajdagohlar va uchiga oltin qoplangan obelisk joylashgan. Maqbara va ibodatxonalar devoriy rasmlar, relyef va haykallar bilan bezatilgan. Bu davrda haykal portretlar sanʼati taraqqiy etdi. Misr liklar tasavvuricha haykal portretlar marhumlarning qiyofadoshi rolini oʻtab, ma-rhumlarning ruxlari joylashgan joy vazifasini oʻtashgan.

Oʻrta podsholik davrida Misr sanʼatida bir qator yangi xususiyatlar paydo boʻlgan. Firʼavnlarning maqbaralari oʻz mahobatini yoʻqotgan, ular koʻpincha qoya toshlarga oʻyib ishlangan, irrigatsiya inshootlari (kanallar, toʻgʻonlar, dambalar, Fayyum tevaragidagi suv omborlari) qurilgan, shaharlarning roli oshgan. Shahar qismlari tabaqaviy boʻlinish asosida qurilib, ular devor bilan ajratilgan. Oʻrta podsholik tasviriy sanʼatida realistik tendensiyalar kuchaygan. Nomarxlarning maqbaralaridagi devoriy rasmlardagi maishiy koʻrinishlari jonli ishlashga, oʻsimlik, hayvon, qushlarni jozibador koʻrsatishga, haykallarda modelning xarakterini, yoshini va b. ni ifodalashga ahamiyat berildi (firʼavnlar Giksoslar istilosi (mil. av. 1700 — taxm. 1580-y. lar)dan keyin Kds. Misr sanʼati tushkunlik davrini boshidan kechirib, Yangi podsholik davrida katta ravnaq topdi. Osiyoga qilingan zafarli yurishlar, Misr boyligini orttirdi, binolarda hasham koʻpaydi. Rasmlar va devoriy rasmlarda ziyofatlar, tantanalar, ov manzaralari aks ettirildi, manzara janriga alohida eʼtibor berildi (Rexmir, Naxt, Jes-serkaraseneb maqbaralaridagi devoriy rasmlar, mil. av. 15-a. oxiri). Yangi podsholik davri meʼmorligida ochiq tipdagi ibodatxona — sajdagohlar keng tarqalgan. Bu ibodatxona devorlariga firʼavnlarning gʻalabalari aks etgan devoriy rasmlar ishlangan (Amonra maʼbudning Karnakdagi, mil. av. 16 — 12-a. lar va Luqsordagi ibodatxonasi, mil. av. 15—13-a. lar). Firʼavn Exnaton hukmronligi davrida eski maʼbudlarga sigʻinish bekor qilingan, yangi maʼ-bud — Atonga sigʻinish joriy qilingan. Yangi poytaxt — Axetaton qurilgan. Haykaltarosh Tutmes yaratgan firʼavn va uning xotini Nefertiti portretlari Qad. Misr sanʼatining nodir namunalari sifatida hoz. gacha yetib kelgan. Mil. av. 14-a. ning 1-yarmida tasviriy sanʼatda quruq dekorativlik koʻproq koʻzga tashlandi (firʼavn Tutanxamon maqbarasidan topilgan oltin niqob va b.). Mil. av. 14-a. ning 2-yarmidan ibodatxonalar kurilishi kengaygan bu davrda binolarning dabdabali va mahobatli boʻlishiga eʼtibor qaratildi (Karnakdagi 134 kolon nali, devor va kolonnalariga rangdor relyeflar ishlangan ibodatxona). Qoya ibodatxonalari ham koʻplab qurilgan (Abu Simbaldagi Ramses II ning katta ibodatxonasi).

Qad. Misrda amaliy-bezak sanʼati yuksak darajada taraqqiy etganligiga bizgacha saqlanib qolgan shifer, ganch, billurdan ishlangan idishlar, fil suyagi va yogʻochdan yasalgan qoshiqchalar, tilla baldoq, uzuk, munchoqlar, qimmatbaho toshlar qadab, oʻyma naqsh, tasvir ishlangan qutichalar, badiiy mebel va b. misol boʻlishi mumkin.

M. Aleksandr tomonidan bosib olingach, mamlakat ellinistik madaniyat, keyinchalik Qad. Rim madaniyati taʼsir doirasiga kirgan (Edfudagi maʼ-bud Gor ibodatxonasi, mil. av. 3—1-a. lar; Fayyum voqasidan topilgan rangtasvir portretlar, mil. 1—4-a. lar). M. Vizantiya xukmronligi ostiga oʻtishi bilan (4-a. oxiri), mamlakatda xristian sanʼatining oʻziga xos mahalliy koʻrinishi shakllangan. Mamlakatni arablar fathetgach (7-a.), M. arab madaniyati tarqalgan viloyatlardan biriga aylangan.

Musiqasi. Misr musiqa madaniyati — eng kds. madaniyatlardan biri. Bizgacha yetib kelgan musiqa madaniyatining ilk moddiy yodgorliklari mil. av. 3ming yillikka mansub. Bular turli musika asboblari — shiqildoq, tartarak, hamda chigʻanoqlardan yasalgan hushtaklardir. Maqbaralar devorlariga ishlangan barelyeflar maishiy tur-mushda musiqa keng tarqalganiga guvoxlik beradi. Ommaviy bayramlar, diniy marosimlar, mehnat jarayonlari musiqasiz oʻtmagan. Misrda bir ovozli musiqa rivoj topgan. Yangi podsholik davrida koʻp ovozli musiqaning sodda shakllari ham paydo boʻlgan. Raqslar, sahna tomoshalari, badiiy adabiyot musiqa bilan uzviy bogʻliq boʻlgan. Arfa, nay, yogʻoch va jez karnay, organ, urma musiqa asboblari keng tarkalgan. Qad. Misrda musiqa ijrochilari — professional musiqachi — shoirlar moʻtabar zot sanalib, firʼavnlarga qarindosh deb hisoblanishgan. Ellinistik va Rim davrida Misrda musiqa oʻziga xosligini saklab qolgan. Rim hukmronligi barham topgach, turk, arab va b. xalqlar musiqa madaniyati bilan uzviy bogʻliqboʻlgan. Misr musiqa madaniyati taraqqiyotining yangi bosqichiga koʻtarilgan.

Ad.: Xrestomatiya po istorii Drevnego Vostoka, pod. red. V. V. Struve i D. G. Redera, Misr, 1963; Struve V. V., Qadimgi Sharq tari-xi, T., 1956,Turayev B. A., Yegipetskaya literatura, t. I, M., 1920; Matye Misr, Iskusstvo Drevnego Yegipta, Misr, 1958; Vseobщaya istoriya arxitekturы, t. I, M., 1970; Zaks K., Muzыkalnaya kultura Yegipta, v kn.: Muzыkalnaya kultura drevnego mira, |Sb. statey|, L., 1937; L a u er J. F., Zagadki yegipetskix piramid, per. s frans., M., 1966; Neygebauyer O., Tochnыye nauki v drevnosti, per. s angl., M., 1968.

Muhammadjon Raximov, Abduxalil Mavrulov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x