MIRZAYEV Saydulla Ziyodullayevich

MIRZAYEV Saydulla Ziyodullayevich (1930.8.8, Paxtachi tumani) — adabiyot-shunos olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1980), filol. fanlari d-ri (1973), prof. (1977). SamDU filologiya f-tini tugatgan (1951). Shu un-t oʻzbek adabiyoti kafedrasida oʻqituvchi, dotsent (1955—77), kafedra mudiri (1988—99), Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Samarqand viloyati boʻlimi raisi (1973—91). Mirzayevning ilmiy faoliyati adabiyotning xalqchilligi, gʻoyaviyligi, zamonaviyligi, ijobiy qahramon, milliylik, adabiy hamkorlik, til va badiiy mahorat, xalq ogʻzaki ijodi va b. masalalarga bagʻishlangan. Mirzayev ijodida tanqidiybio-grafik ocherk janri ham salmoqli oʻrin egallaydi. Uning Oybek, Hamid Olimjon, Abdulla Qahhor, Mirte mir, Yashin, Sayd Axmad va b. adiblar ijodi haqidagi tanqidiybiografik ocherklari bor.

As: Gʻoya va obraz, T., 1980; Hozirgi zamon oʻzbek adabiyoti tarixi, T., 1993; Oʻzbek romanchiligi, T., 1997; Mustaqillik davridagi oʻzbek adabiyoti, T., 1999; Hayot va adabiyot, T., 2001.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x