Mirpo‘lat Mirzo

Tarjimai hol

Mirpo‘lat Mirzoning ijodi talabalik yillarida boshlangan. Shoir, yozuvchi Mirpo‘lat Mirzo “Jahon adabiyoti” oynomasida bosh muharrir o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan. Uning ko‘plab tarjimalari “Jahon adabiyoti” jurnalida e’lon qilingan.

1949 yil tug‘ilgan. Shoir, tarjimon, muharrir, dramaturg. ToshdUning jurnalistika fakultetini yakunlagan. “Yozuvchi” nashriyotida bosh muharrir, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida kotib bo‘lib ishlagan.

“Jahon adabiyoti oynomasida bosh muharrir o‘rinbosari bo‘lib faoliyat yuritgan. B. Pasternak (1999, Rossiya) hamda “Alash” (2001, Qozog‘iston) nomidagi mukofotlari laureati.

She’riy to‘plamlari: “Tong jilvasi” (1975), “Ishq fasli” (1977), “Yaxshi kunlari” (1981), “Moviy daryo” (1989), “Atirgul va yulduzlar” (1990), “Onajon” (1994), “Sunbula” (1997), “Saylanma” (2004).

Pushkin, Shekspir, Eliot, Hamzatov, Pasternak, Brodiskiy she’rlarini, Zamyatin, Iskandarlarning nasrlarini o‘zbek tiliga tarjima qilib, nashrdan chiqargan.

“Somon yo‘li chechaklari” (2004) jahon she’riyati hamda “Sayra, do‘mbira” (2005) qozoq she’riyati  antologiyasini tuzgan.

2018 yil 22 fevral kuni Toshkentda vafot etgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x