MIRALIYEV

MIRALIYEV Turob (1872 – Toshkent — 1951) — laganpaz kulol, Toshkent kulollik maktabining yirik namoyandasi. Kulollikda lagan yasash va uni bezashda («Turob laganpaz» nomi b-n) mashhur boʻlgan. Otasi usta Mirvalidan hunar oʻrgangan. 1923-y. dan «Jo-non» artelida kulol, soʻng Toshkent badiiy oʻquv i. ch. k-tida bosh usta boʻlib ishlagan. Miraliyev yaratgan buyumlar bezagi oʻziga xos, oʻsimliksimon naqshlari nafis va jozibali, laganlar bezagi mujassamoti markaziga turli tasvirlar (kishilar qiyofasi va b.)ni joylashtirgan; chizma gul solishning oʻziga xos uslubini rivojlantirgan. Miraliyevning asarlari respublika va chet mamlakatlar koʻrgazmalarida (jumladan, Parij xalqaro koʻrgazmasida Kumush medal va diplom b-n) baholangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x