MIOKARDIODISTROFIYA

MIOKARDIODISTROFIYA (mio…, kardio… va distrofiya) , kardiomiopatiya — yurak muskuli (miokard) ning yalliglanmasdan, balki moddalar almashinuviiint buzilishi (biokimyoviy oʻzgarishlar) tufayli zararlanishi. Qon elektrolit tarkibining buzilishi, kislota-ishkrr muvozanatining oʻzgarishi va b. kasalliklar tufayli vujudga keladi. Miokardiodistrofiya yurak ishi yetishmovchiligiga sabab boʻlishi mumkin. Miokardiodistrofiyada miokardning qisqarish fa-oliyati susayadi, lekin unda morfologik oʻzgarishlar kuzatilmaydi. Miokardiodistrofiyaga ekzogen (zaharlanish, jismonan zoʻriqish, stress va h. k.) va endogen (endokrin buzilishlar, mas, tireotoksikoz, qandli diabet, kamkrnlik, buyrak yetishmovniligi, jigar kasalliklari va b.) omillar tufayli roʻy bergan Miokardiodistrofiya ajratiladi. Miokardiodistrofiyada asta-sekin rivojlanadigan yurak yetishmovchiligiga xos klinik alomatlar (nafas qisishi, jigar kattalashishi, oyoq-qoʻllarda shish), yurak sohasida uzoq davom etadigan suyet ogʻriq va b. kuzatiladi.

Davo Miokardiodistrofiyani keltirib chiqargan asosiy kasallikka qarshi qaratiladi, yurak muskullarida almashinuv jarayonini yaxshilash choralari koʻriladi. Miokardiodistrofiyaga sabab boʻlgan asosiy kasallikni davolash b-n yurak muskulining faoliyati asl holatiga keladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x