MIKSOBAKTERIYALAR

MIKSOBAKTERIYALAR (Myxobacterales) — grammanfiy bakteriyalar tartibi. Sirpanib harakatlanadi, me-vali tana va miksosporalar hosil qiladi. Vegetativ hujayralari tayoqchasimon (uz. 0,7—1,0—3,0—6,0 mkm), koʻndalang boʻlinib koʻpayadi. Mevali tana hosil boʻlishida hujayralar birga toʻplanadi; baʼzan shaklini oʻzgartiryb, suvsizlikka chidamli mikro-sporalar hosil qiladi. Sporalar unib chiqib, vegetativ hujayraga asos soladi. Mevali tanasining oʻlchami, shakli va rangi sistematik ahamiyatga ega. Miksobakteriyalar — aerob. Ularning ekologik ahamiyati gidrolitik fermentlar hosil qilishi bilan belgilanadi. Oziq moddalarga boʻlgan talabiga koʻra, Miksobakteriyalar bakteriolitik va sellyulozalitik guruhlarga boʻlinadi. Miksobakteriyalar hujayrasi substratga bevosita ekzofermentlar ishlab chiqarmaydi, lekin parchalanadigan substrat bilan bevosita bogʻliq boʻladi. Bakteriolitik Miksobakteriyalar va sirpanuvchi fleksibakteriyalar yirtqich bakteriyalar deb ataladi. Miksobakteriyalar — tuproq organizmlari boʻlib, odatda, chiriyotgan oʻsimlik qoldiqlari va goʻngda koʻp uchraydi. Suvda deyarli uchramaydi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x