MIKSINALAR

MIKSINALAR (Myxiniformes, Myxini) — umurtqali hayvonlar turkumi (boshqa sistemaga koʻra kenja sinfi). Gavdasining uz. 45—70 sm dan 1 m gacha. Burun teshigi boshi orqasida halqum b-n tutashgan. Ogʻzi va burun teshiklari 6—8 ta muskulli moʻylovlar bilan oʻralgan. Orqa suzgichlari boʻlmaydi. Jabra teshiklari 1 — 15 ta. Qon aylanish sistemasi ochiq: bitta asosiy va 3 ta qoʻshimcha yuragi bor. Koʻzi teri bilan toʻsilgan. 20—30 ta yirik tuxumlarini suv ostidagi narsalarga qoʻyadi. Oʻzgarishsiz rivojlanadi. Tutib olingan Miksinalar terisidan koʻp mikdorda shilimshiq modda i. ch. tufayli qoʻldan osonlik bilan chiqib ketadi. Miksinalarning 1 oilaga va 4 urugʻga mansub 20 turi maʼlum. Subtropik va moʻtadil suvli dengizlarda tarqalgan. Yevropa miksinasi Barens dengizida uchraydi. Barcha turlari yirtqich, tirik va oʻlik balikdar hamda ular tuxumlari bilan oziqlanadi. Parmaga oʻxshash tilini baliq tanasiga botirib, uning muskullari va ichki organlarini yeydi. Ayrim hududlarda baliqchilikka jiddiy ziyon keltiradi.

Miksina.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x