MIKROIQTISODIYOT

MIKROIQTISODIYOT (yun. mikros kichik va iqtisodiyot) — iqtisodiy nazariyaning ayrim bir xoʻjalik yuri-tuvchi subyektlar urtasidagi iqtisodiy munosabatlarni, ularning faoliyati va milliy iqtisodiyotga taʼsirini oʻrganadigan boʻlimi; mikroiqtisodiyot oʻrganadigan asosiy obyektlar — uy xoʻjaligi va nisbatan katta boʻlmagan korxonalardir.

Jahon statistikada uy xoʻjaliklariga birgalikda yashovchi kishilar gurux/tri yuritadigan umumiy xoʻjalik sifatida qaraladi. Odatda, bunday xoʻjalik oila, yaʼni erkak va ayol ni-kohiga yoki qonqarindoshlikka asoslangan kichik guruxdir. Uy xoʻjaligi vazifalariga:

1) i. ch. omillarini (mas, ishchi kuchini) sotishdan va mol-mulkdan (uy-joy va yerdan ijara haqi, bankka qoʻyilgan pul foizi, aksiya daromadi va b.) daromad olish;

2) uy xoʻjaligini yuritish (yordamchi q. x. da ishlash, isteʼmol mollari va xizmatlarni xarid qilish, oziq-ovqat va b. mahsulotlarni uyda tayyorlash, moddiy va maʼnaviy neʼmatlardan foydalanish); 3) bolalarni tarbiyalash;

4) «tashqi» iqgisodiy aloqalar (davlatga soliq toʻlash, transfert toʻlovlar olish, xorij b-n iqtisodiy aloqalar, shu jumladan, xorijdan pul joʻnatmalari, posilkalar va b. olish) kiradi. Mikroiqtisodiyot oʻrganadigan yana bir manba tovarlar va xizmatlar i. ch. va ularni sotish bilan shugʻullanuvchi xoʻjalik tashkilotlari — korxonalardir. Bunday tashkilotlar jismoniy va yuridik shaxslar (firmalar) egaligida boʻlishi mumkin.

Xoʻjalik yurituvchi subyektlar sirasiga isteʼmolchilar, xodimlar, kapital qoʻyuvchilar, yer egalari, firmalar, umuman, amalda iqtisodiyotning faoliyat koʻrsatishida muhim rol oʻynaydigan har qanday tadbirkor kiradi. Mikroiqtisodiyot quyi boʻgʻinlarda iqtisodiy qarorlar qanday va nima uchun qabul qilinishini, mas, isteʼmolchilar tovarni xarid qilish toʻgʻrisida qarorni qay tarzda qabul qilishini va ularning tanloviga narxnavo va daromadlar oʻzgarishlari qanday taʼsir koʻrsatishini; firmalar ish oʻrinlari sonini qanday rejalashtirishi; xodimlar qayerda va qancha ishlashni qanday hal etishini izohlab beradi.

Mikroiqtisodiyotning muhim jihati — xoʻjalik yurituvchi subyektlarning iqtisodiyot tarmoqlarida yanada yirikroq tuzilmalar — bozorlar paydo boʻlishi jarayonidagi oʻzaro munosabatlaridir. Mikroiqtisodiyot ayrim sanoat tarmoqlarining tarixiy taraqqiyoti va milliy iqtisodiyotning shakllanishi mantigʻini tushunishga yordam beradi. U ayrim tovarlarga narxnavo qanday belgilanishini, yangi z-dlar qurilishida muayyan sohani va i. ch. ni rivojlantirishga qanday mablagʻlar ajratilishini va nima uchun investitsiya qilinishini, har yili aniq qancha tovarlar ishlab chiqarilishini tushuntirib beradi. Mikroiqtisodiyot yakka tovar ishlab chiqaruvchilar va isteʼmolchilar faoliyatini oʻrganar ekan, sanoat tarmoqlari va bozorlar qanday ishlayotgani va rivojlanayotganini, ularning faoliyatiga hukumat siyosati va b. mamlakatlardagi iqtisodiy sharoitlar qanday taʼsir etayotganini ochib beradi.

Ad.: Pindayk R., Rubinfeld D. Mikroiqtisodiyot, T., 2002; Oʻlmasov A., Oila iqtisodi, T., 1999.

Barno Rahimova.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x