MIKROBIOLOGIK HIMOYA USULI

MIKROBIOLOGIK HIMOYA USULI — ekinlarni kasalliklar va zararkunanda hasharotlardan himoya qilishda mikroorganizmlardan foydalanish, biologik himoya usulinint tarkibiy qismi. Mikrobiologik himoya usulining shakllanishida 2 yoʻnalish: antagonistmikroorganizmlar yordamida tuproqni zararsizlantirish (sogʻlomlashtirish) va oʻsimliklarni antibiotiklar yordamida davolash vujudga kelgan. Oʻsimlik kasalliklariga qarshi kurashda antagonist bakteriyalarni qoʻllash samarali. Oʻsimliklar zararkunandalari va kasalliklariga qarshi kurashda mikroorganizmlardan foydalanish yaxshi samara beradi. Bargxoʻr qattiqqanotlilar va Kolorado kartoshka qoʻngʻiziga qarshi entobakterin va boverin, pomidor, dukkaklilarning ayrim bakteri-al kasalliklariga qarshi arenarin, trixotsetin, zigʻir, gʻalla ekinlari kasalliklari, gʻoʻza viltiga qarshi trixodermin muvaffaqiyatli qoʻllaniladi. Entomofaglar, atpgraktantlar, yuvenil gormonlar va repellentlar, antibiotiklar, kimyoviy vositalarni birgalikda qoʻllash Mikrobiologik himoya usuli samaradorligini yanada koʻtaradi (q Biologiya himoya u suli).

Kasalliklarga qarshi kurashda kompost, donador mineral oʻgʻitlar va b. ni mikrobantagonist hamda antibiotiklar b-n boyitish; urugʻlikni ularning oʻzi bilan yoki fungitsidlar qoʻshib dorilash (antibiotiklar bilan upalash yoki antibiotikli suyuklikda boʻktirish, biopreparatlar b-n drajilash va b.); tuproqqa foydali mikroorganizmlarni biopreparatlar shaklida (bular patogen formalarni mavsumiy yoki bir necha yil davomida rivojlanmasligini taʼminlaydi) hamda vegetatsiya davrida oʻsimlikni oziqlantirish b-n birga qoʻshimcha ravishda antibiotik va mikrobantagonistlar solish usullari qoʻllanadi.

Sulton Mimuxamedov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x