MICHIGAN

MICHIGAN — AQSHning shim. qismidagi shtat. Buyuk koʻllar sohilida, Kanada bilan chegaradosh. Mayd. 151,5 ming km2. Aholisi 10,05 mln. kishi (2002), shundan 70% shaharlarda yashaydi. Maʼmuriy markazi — Lansing sh. ; eng katta shahri, iqtisodiy markazi va porti — Detroyt.

Michigan hududi Yuqori koʻl, Guron va Michigan koʻllari oraligʻidagi ikkita yarim orolda joylashgan. Yer yuzasi sertepa tekislik, eng baland joyi 604 m. Ikdimi moʻtadil iqlim, shim. da qish sovuq. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi —7°, iyulniki 21°. Yillik yogʻin 800 mm.

Michigan — AQSHning sanoati rivojlangan shtati. Ishlab beruvchi sanoat korxonalarida iqtisodiy faol aholining 35% ishlaydi. Metallurgiya, mashinasozlik va metallsozlik rivojlangan. Detroyt va uning atrofida hamda Flint, Lansing va b. shaharlarda «Je-neral motore», «Ford» va «Kraysler» kabi yirik avtomobil z-dlari joylashgan. Maxsus poʻlat va tunuka i. ch., qora va rangli metallardan buyumlar quyish, stanok, pribor, elektr uskunalari, lok-boʻyoq, rezina i. ch. av – . tomobilsozlik sanoati bilan bogʻliq. : Harbiy, kimyo, silikat-keramika, i oziq-ovqat, yogʻochsozlik, mebel, qogʻoz sanoatlari ham rivojlangan. Temir va mis rudalari, osh tuzi qazib chiqariladi.

Q. x. sut va sabzavot yetishtirishga ixtisoslashgan. Meva, uzum yetishtiriladi, qand lavlagi ekiladi. K-» – tovar mahsulotining 55% ni chorvachilik beradi. Turizm rivojlangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x