MEYERGOF

MEYERGOF (Meyerhof) Otto (1884.12.4, Gannover – 1951.6.10, Filadelfiya) — nemis biokimyogari. AQSH Milliy FA aʼzosi (1949). Tibbiyot d-ri (1909). Filadelfiyadagi Pensilvaniya unti prof. (1940-y. dan). Asosiy ilmiy ishlari muskullarning qisqarishi biokimyosiga oid. Uglevodlarning fermentlar taʼsirida oʻzgarishi va u bilan bogʻlangan holda adenozintrifosfat qamda kreatinfosfatning oʻzgarishini tadqiq qildi. Ishlayotgan va tinch turgan muskullarda uglevodlarning anaerob parchalanishi bilan aerob sintezi oʻrtasidagi bogʻlanish (Paster-Meyergof sikli)ni taʼriflab berdi, uglevodlarning ki-myoviy oʻzgarishida ajralib chiqadigan energiya muskul qisqarishi jarayonida sarf boʻlishini aniqladi. Nobel mukofoti laureati (1922).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x