METODOLOGIYA

METODOLOGIYA (metod va…logiya soʻzlaridan) — tadqiqotchining nazariy va amaliy faoliyatini tashkil etish, tiklash tamoyillari va usullari tizimi hamda bunday tizim haqidagi taʼlimot. M. metodlar haqidagi taʼlimot yoki yalpi-umumiy bilish metodi, deb ham taʼriflanadi. Metodologiya metodlarga va umuman voqelikka qanday yondashish yoʻlini oʻrgatadi. Voqelikning muayyan qismini, biror jihatini, rivojlanishining ayrim holatini oʻrga-tuvchi Metodologiyaga metafizikani, voqelikning chiziqli rivojlanish, oʻzgarish jarayonini va uni tashkil etuvchi elementlar oʻrtasidagi oʻzaro aloqadorliklarni aks ettiruvchi Metodologiyaga dialektikani, voqelikda roʻy beruvchi keskin, halokatli oʻzgarishlar, nochiziqli rivojlanish jarayonlarini oʻrganishda qoʻllaniladigan Metodologiyaga sinergetikapsh misol sifatida koʻrsatish mumkin.

Metodologiyaga ilmiy bilishning, voqelikni anglash va oʻzgartirishning algoritmi sifatida ham qarash mumkin. Mac, Yunonistonda geometriya yer maydonlarini oʻlchashda normativ yoʻl-yoʻriq boʻlib xizmat qilgan va geometriya ilmini falsafani oʻrganish uchun muhim Metodologiya deb bilishgan. Platon maqbarasiga kiraverishdagi eshikka «kimki geometriyani bilmasa, bizning oldimizga kirmasin» deb yozib qoʻyilgan ekan. Falsafada esa olamni anglashda Geraklitning logosk Metodologiya vazifasini oʻtagan. Metodologiya taraqqiyotiga Sokrat, Aristotel jiddiy hissa qoʻshishgan. Forobiy sha-rkrna fikrlash uslubi nuqtayi nazaridan Aristotel asarlarini sharxlaydi. Bunday sharxlar Aristotel merosini oʻrganishda Metodologiya boʻlib kelgan. Ibn Sino oʻzining xotiralarida Aristotelning «Metafizika» asarini 40 marotaba oʻqib chiqsa ham hech narsa tushu na olmaganligini, bu asarning mazmuniga Forobiyning sharxlarini oʻqigandan soʻnggina tushunib yetganligini yozib qoldirgan. Metodologiya haqida F. Bekon, R. Dekart, J. Lokk, G. Galiley va b. yevropalik olimlar maxsus kitoblar yozishgan. Shuningdek, Metodologiya rivojiga Kant, Fixte, Shelling, Gegel jiddiy hissa qoʻshishgan. Gegel dialektik Metodologiyaning asoslarini ishlab chikdi. 20-a. da sinergetik, strukturalistik va germenevtik Metodologiyalar falsafada eng obroʻli falsafiy Metodologiyalar sifatida nom qozondi, sistemaviy va kompleks yondashish Metodologiya lari esa insonning barcha hayotiy jarayonlarida keng qoʻllanilmoqda.

Bugungi kunda sinergetika Metodologiyasi olamning chigal muammolarini tadqiq etishda, halokatli portlashlar, nochiziqli oʻzgarish jarayonlarining mohi-yatini tushunib yetishda, olamning vujudga kelishini ilmiy asoslashda kuchli evristik bilish quroli vazifasini oʻtamoqda.

Baxtiyor Toʻrayev.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x