METIONIN

METIONIN (Methioninum) — 2-ami-no-4-metiltiobutan kislota. Oʻziga xos qoʻlansa hidli, oq kristall modda. Almashtirib boʻlmaydigan aminokislota. Mol. m. 149,21. Sintez nuli bilan olingan. Biologik faol modda, hayvon va oʻsimliklar oqsilida ham bor. Suvda juda oz eriydi. Organizmda adrenalin, kreatin kabi moddalar sintezida ishtirok etadi, gormonlar, fermentlar, vitaminlar taʼsirini kuchaytiradi. Metionin yetishmaganda moddalar almashinuvi buzilib, jigarni yogʻ bosadi. Jigar sirrozida jigar toʻqimalari margimush preparatlari, xloroform, benzol va b. zaharli moddalardan zararlanganda beriladi. Virusli gepatitna Metionin tavsiya etilmaydi. Dizenteriya bilan ogʻrigan kishilarga, organizmda oqsil yetishmaganda ham baʼzan tavsiya etiladi.

Qarilarga aterosklerozning oldini olish va davolash uchun buyuriladi. Tabletkalari 0,25 va 0,5 g dan chiqariladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x