METANEFRIDIYLAR

METANEFRIDIYLAR (yun. Meta – oraliq, keyin, orqali va nefridiy) — umurtqasiz hayvonlar, asosan, halqali chuvalchanglarning metamer joylashgan juft ayirish organi (q. Metameriya). Ektodermadan yoki mezodermal nefroblastlardan rivojlanadi. Metanefridiylar naysimon organlar boʻlib, voronkaga oʻxshab kengaygan kiprikli qismi (ne-frostom) ikkilamchi tana boʻshligʻi (selom)ga, keyingi ingichkalashgan qismi tananing navbatdagi boʻgʻimiga oʻtib, teri sirtiga ochiladi. Nefridiy nayi uzun va ilmoqqa oʻxshash buralgan boʻlishi mumkin. Nefrostom orqali Metanefridiylar nayiga selom suyukushgi, yaʼni birlamchi siydik oʻtadi. Bu su-yuklik kipriklar harakati tufayli Metanefridiylar nayiga haydaladi. Reabsorbsiya tufayli birlamchi siydikdan organik moddalar va tuzlar qonga qayta soʻriladi va haqiqiy siydik hosil boʻladi. Dengizlarda hayot kechiradigan stenogalin (shoʻrlanish nisbatan doimiy boʻlgan) hayvonlarda Metanefridiylar naychalari nisbatan qisqargan boʻladi (yana q. Protonefridiylar.).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x