METAMORFIZM

METAMORFIZM (yun. metamorpho-omai — tubdan oʻzgarmoq, oʻzgarishga uchramoq) — choʻkindi va magmatik togʻ jinslarining teksturasi, strukturasi va mineral tarkibining t-ra, bosim va chuqurlikdagi eritma (flyuid)larning kimyoviy faolligi taʼsirida oʻzgarishi (qayta kristallanishi, mi-neralogik va kimyoviy oʻzgarishi) jarayoni. Buning natijasida ular metamorfik togʻ jinslariga aylanadi. Metamorfizm ningendogen vakosmogen turlari mavjud. Endogen Metamorfizm regional va kontaktli Metamorfizmga boʻlinadi. Regional Metamorfizm natijasida metamorfik slaneslar, kvarsitlar va marmar hosil boʻladi. Metamorfizmning bu turiga evolyutsion rivojlanish davomida burmali mintaqalarning geosinklinal vulkanogen, vulkanogenchoʻkindi yotqiziqlari kiradi. Erta (granitlanishgacha) boʻlgan Metamorfizm va keyingi Metamorfizm farq qilinadi. Yer poʻsti chukur zonalari va uning tagidagi mantiya zichligining kamayishini Metamorfizm bilan bogʻlaydilar. Kontakt M. intruziya yoki ekstruziya magmalarining bevosita yaqinida sodir boʻladi. Yuqori t-rali sharoitdagi Metamorfizmda minerallar degrada-siyaga uchraydi. Metamorfizmda har vaqt jinsning kimyoviy tarkibi jiddiy oʻzgaradi. Kosmogen M. yirik meteoritlar tushgan vaqtda toʻlqin zarbining jinsga taʼsiridan qisqa muddat t-ra va bosimning keskin ortishi natijasida sodir boʻladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x