MERKITLAR

MERKITLAR, markitlar, makritlar — Markaziy Osiyoda oʻrta asrlarda yashagan eng jangovar va koʻp sonli qabilalardan biri. 12-a. oxiri — 13a. boshlarida Selenga daryosining boʻylarida Merkitlarning 3 qabilaviy ittifoqi (uduit, kaat va uvas) mavjud boʻlgan. Uduit — M. 4 uruqqa boʻlingan: uykur, mudan, tudakli va jiyun. Ularning xoni Toʻqtabegi (Toʻxtabiki) boʻlgan. Merkitlar yaqin qoʻshnilari — keray-m/ilar, tatarlar va moʻgʻullar (xitoycha munglar) bilan doim urushib turgan. Hujumlarning birida ular Chingizxonning xotini Borteni asirga olishgan. Keyinchalik kerayitlar xoni Vanxon Toʻgʻril Borteni Chingizxonga qaytarib yuborgan. Merkitlar 1204-y. da Chingizxon tomonidan butunlay tormor etilgan. Chingizxonning suyukli xotinlaridan biri — Kulon xotun M. dan boʻlgan. 13-a. da Merkitlarning maʼlum qismi Movarounnahrga koʻchib oʻtgan va keyinchalik Amir Temur qoʻshinlari tarkibida harbiy yurishlarda qatnashganlar. Merkitlarning qolgan qismlari turli xalqlar: moʻgʻul, qozoq, qirgʻiz, oʻzbeklarning tarkibiga singib ketishgan. Merkitlar kerayitlar bilan aralashib oʻzbeklarning kenagas urugʻi tarkibiga, argʻin va baʼzi turkman urugʻlari bilan aralashib oʻzbeklarning laqay urugʻi tarkibiga qoʻshilgan. 1926-y. Turkmanistonning Chorjoʻy tumanida 2780 merkit qayd etilgan.

Ad:. Rashid-addin, Sobraniye letopisey,t. 1, ch.1, M., 1952; Sultonov T. S, Kochevыye plemena Priaralya v 15—17 vv., M., 1982; Tataromongolы v Azii i Yevrope, Merkitlar, 1977.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x