MENUXIN

MENUXIN (Menuhin) Iegudi (1916.22.4, Nyu-York – 1999, 11.3, Berlin) — amerikalik skripkachi, dirijyor, musiqa jamoat arbobi. 20-a. skripka ijrochiligining yirik namo-yandasi. YUNESKO qoshidagi Xalqaro musiqa kengashi (IMC) prezidenti (1971—75). 7 yoshidan konsert faoliyatini boshlagan. A. Bush va J. Eneskudgm taʼlim olgan. Gshtad (Shveysariya, 1957) va Bat (Angliya, 1958) musiqa festivallari, Stok-dʻ Abernonda (Angliya, 1964) isteʼdodli bolalar uchun maxsus musika maktabi tashkilotchisi. Ijro uslubiga teran mazmundorlik, samimiylik, shuningdek, favqulodda kuychanlik va virtuoz mahorati xosdir. Repertuaridan klassitsizm va romantizm (I. S. Bax, G. Gendel, L. Betxoven, F. Mendelson, R. Shuman, P. Chaykovskiy va b.) namunalari qatori 20-a. kompozitorlari (U. Uolton, B. Britten, J. Enesku, B. Bartok, B. Martinu, E. Blox, K. Xindemit, S. Prokofyev va b.)ning asarlari oʻrin olgan. Menuxin ijrolarida Sharq musika (jumladan, hind raga) anʼanalari ham oʻz ifodasini topgan: 1960-y. dan boshlab M. Ravi Shankar bilan birgalikda oʻziga xos duet tarzida konsertlar bergan. Butun dunyo boʻylab, skripkachi hamda dirijyor si-fatida konsert bergan. Musiqa madaniyatiga qoʻshgan buyuk xizmatlari uchun Angliya lordi unvoniga sazovor boʻlgan (1993). Menuxin nomidagi xalqaro musiqa jamgʻarmasi (1991-y. dan Bryusselda), qator mamlakatlarda skripkachilar tanlovlari, iqtidorli yoshlar uchun mukofotlar, musiqa oʻquv yurtlari mavjud.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x