MENSHEVIKLAR

MENSHEVIKLAR (rus. mensheviki — ozlar) — RSDRPdagi siyosiy oqim vakillari, 1917-y. dan mustaqil siyosiy partiya. «Mensheviklar» tushunchasi RSDRPning 2-syezdi (1903)da paydo boʻldi. Oʻshanda delegatlarning bir kismi partiya rahbar organlariga saylov toʻgʻrisidagi masalada ozchilikni tashkil qilib qolgandi. Asosiy gʻoyaviy rahbarlari — L. Martov, A. S. Martinov, P. B. Akselrod, G. V. Plexanov. M. partiya ishida katʼiy sentralizmga va MKga katta vakolatlar berilishiga qarshi chiqdi. 1905—07 y. inqilobida proletariat samoderjaviyega qarshi liberal burjuaziya bilan koalitsiyada harakat qilishi kerak, deb hisoblagan; dehqonlarning inqilobiy salo-hiyatini rad etgan; tinch yoʻl bilan ish olib borishni afzal deb bilgan va h. k. Fevral inqilobidan keyin Vaqtli hukumatni qoʻllab-quvvatladi. Rossiya sotsializm uchun yetilgan emas deb hisoblab, Oktyabr davlat toʻntarishini qabul qilmadi, bolsheviklar sotsialistax tajriba muvaffaqiyatsiz chiqqanligini his etib chekinadi va bo-shqa partiyalar bilan kelishishga intiladi, deb oʻyladi. Fuqarolar urushida antibolshevistik hukumatlarda, qurolli harakatlarda qatnashdi, biroq Antanta davlatlari va ular qoʻllab-quvvatlayotgan aksilinqilobiy kuchlarga qarshi chiqdi. 1924-y. M. uyushgan kuch sifatida Shoʻrolar hududida faoliyatini toʻxtatdi. 1931-y. martda menshevikcha «RSDRP MK Ittifoq byurosi» ustidan toʻqib chiqarilgan sud jarayoni boʻldi, uning aʼzolari (14 kishi) josuslik va ziyonkashlikda ayblanib, turli muddatlarga ozodlikdan mahrum etishga hukm qilindi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x