MELANOTSITLAR

MELANOTSITLAR (melano… va yun. cytus — bu yerda hujayra) — odam va umurtqali hayvonlarning pigment hujayralari, melaninni sintez qiladi (q. Melaninlar). M. 2 xil boʻladi:

1) erkin Melanotsitlar (teri, tukli follikulalar, miya pardalari, koʻzning tomirli pardasi va h. k.) — nerv bolishlaridan paydo boʻlib, nerv naychalari yopilgan davrda rangeiz, harakatchan hujayralar — melanoblastlar holida gavdaning turli qismlariga tarqaladi;

2) epitelial Melanotsitlar (koʻz siliar burmalari, rangdor va toʻr pardasining pigmentli epiteliysi) — koʻzning birlamchi boshlangʻich hujayralaridan vujudga keladi. Albinoslarda Melanotsitlar rangeiz; ularda faol tirozinazalar yoʻkligi uchun melaninlar sintezlanmaydi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x