MELANOMA

MELANOMA (yun. melas — qora, ota — oʻsma maʼnosini anglatuvchi qoʻshimcha) , melanoblastoma, melanosarkoma — asosan, teri (baʼzan koʻz toʻr pardasi, miya, shilliq pardalar)dagi xavfli oʻsma; qora pigmentlar — melaninlarni ishlab chiqaradigan hujayralar (odatda tugma dogʻlar)dan paydo boʻladi. Melanomaga turli shikastlanishlar, gormonlar ishlab chiqarilishining izdan chiqishi va b. sabab boʻlishi mumkin (etiologiyasi toʻliq oʻrganilmagan). Asosan, burunhalqum, qiqildoq, qiziloʻngach, ichak shilliq qavatlari, shuningdek, koʻzning toʻr va tomirli pardasi, bosh miya b-n orqa miyaning yumshoq miya pardasida boʻladi. Melanoma nihoyatda xavfli oʻsmalardan hisoblanadi, boshqa aʼzolarga metastaz beradi.

Davosi : kimyoterapiya, nur bilan davolash, bular naf bermasa jarrohlik usuli qoʻllanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x