MELANJ GAZLAMA

MELANJ GAZLAMA — har xil rangga boʻyalgan tolalar (paxta, jun, kim-yoviy va sunʼiy tolalar) aralashmasidan yigiriladigan bir ipli yoki pishitilgan kalava ip (melanj ip) dan toʻqiladigan rangdor gazlama. Keng tarqalgan xillari: triko, sheviot, drap, diagonal, koverkot, movut. Jun tolalaridan toʻqilgan Melanj gazlama nomiga «melanj» soʻzi qoʻshiladi, mas, mo-vut-melanj, drap-melanj va h. k. Oddiy rangdor yoki boʻyalgan gazlamalardan Melanj gazlama uziga xos rang jilolari («uyinlari») bilan farklanadi. Paxta tolalaridan toʻqilgan Melanj gazlamani pardozlashdan oqartirish (ohorlash) jarayoni bajarilmaydi, chunki bunda tolalarning ranglari aynishi mumkin. Unga faqat mexanik ishlov berish (uzun tuklarini qirqish, tarab tuk chiqarish) va maxsus moddalar (kraxmal, yelim, sintetik smola va b.) shimdirish (qattiqlik, gʻijimlanmaslik, kirishmaslik xossalarini berish uchun) mumkin.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x