MEKSIKA QOʻLTIGʻI

MEKSIKA QOʻLTIGʻI — Atlantika okeanidagi yarim berk dengiz, Shim. Amerikaning jan.-sharqiy qirgʻoqlari yaqinida, Florida va Yukatan ya. olari va Kuba o. oraligʻida. Mayd. 1555 ming km2. Chuq. 3822 m gacha. Florida boʻgʻozi orqali Atlantika okeani b-n, Yukatan boʻgʻozi orqali Karib dengizi bilan tutashgan. Missisipi daryosi qu-yiladi. Iklimi jan. da tropik, shim. da subtropik iqlim, havo t-rasi avg. da 28°, fev. da 14—15°. Yillik yogʻinga (1000—1200 mm) nisbatan bugʻlanish (1000—1750 mm) koʻp. Yoz va kuz oylarida tez-tez dovullar boʻlib turadi. Suvining t-rasi yuza qismida 29°, sayoz joylarida 30— ZG, salqin mavsumda 18—25°. Shoʻrligi 36—36,9%o. Yuzaoqimlar, asosan, soat strelkasi yoʻnalishida harakat qiladi. Meksika qoʻltigʻiga Karib dengizidan Yukatan oqimi kiradi. Qoʻltiqdan Golfstrim boshlanadi. Suv qalq-ishi sutkalik, 0,3—0,6 m gacha. Meksika qoʻltigʻining shelf qismida baliq, ustritsa, krevetka, langusta va dengiz toshbaqasi ovlanadi. Qoʻltiqning shim.gʻarbiy shelf qismida yirik neft konlari topilgan. Asosiy portlari: Yangi Orlean (AQSH), Verakrus (Meksika) va Gavana (Kuba).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x