MEHNAT GIGIYENASI

MEHNAT GIGIYENASI, kasb gigiyenasi — gigiyenaning bir boʻlimi. Mehnat jarayonlari va i. ch. muhitining odam organizmiga taʼsirini oʻrganadi hamda qulay mehnat sharoitini yaratish va kasb kasalliklarining oldini olish uchun gigiyena meʼyorlari va tadbirlarini ishlab chiqadi. Har. qanday joydagi mehnat sharoitlari i. ch. jarayoni texnologiyasiga va ish oʻrinlarida yaratiladigan sanitariyagigiyena sharo-itlariga bogʻliq. Jismoniy mehnat jarayonida, asosan, odam muskullariga, akdiy mehnatda esa asabiyruhiy tomondan zoʻr keladi. Texnika rivojlanib, i. ch. jarayonlari mukammalashgan sari jismoniy mehnat oʻrnini aqyaiy mehnat egalladi va aqliy mehnat jarayonlarini koʻproq oʻrganishga ehtiyoj tugʻildi. I. ch. ning sanitariyagigiyena sharoitlari deganda ishlovchi kishining atrofidagi butun vaziyat, jumladan, unga taʼsir qilishi mumkin boʻlgan kimyoviy moddalar, chang, shovkin, vibratsiya, ionlashtiruvchi nurlar, shuningdek, havo harorati, namligi, harakatning tezligi, xonalar yoki boshqa ish joyining yoritilishi, mikroorganizmlar koʻpkamligi va b. tushuniladi. Kishini muhofaza qilinadigan tegishli choralar koʻrilmasa, mana shu omillarning har biri yoki bir nechtasi birga salomatlikka ziyon yetkazadi. Mehnat gigiyenasi fanining asosiy vazifasi ham ana shu no-joʻya taʼsirlar oldini olishdan iborat. Mehnat sharoitlarini yaxshilash OʻzRda umumdavlat vazifasi hisoblanadi. «Oʻzbekiston Respublikasi davlat sanitariya nazorati toʻgʻrisidagi nizom»ga muvofiq, Mehnat gigiyenasi sohasida davlat sanitariya nazoratining bajaradigan asosiy vazifasi sanitariya qonunlariga rioya qilinishini kuzatib borishdir (q. Davlat sanitariya nazorati).

Mehnat gigiyenasida nazorat olib borish uchun turli usullardan foydalaniladi. Shulardan asosiysi sanitariyagigiyena tekshiruvlaridir. Obhavoga tegishli omillar; havoning ifloslanish darajasi, vibratsiya, shovqin, radioaktiv nurlarni oʻlchash va b. ishlarda shu metod qoʻllanadi. Bundan tashqari, fiziologik, statistik hamda eksperimental tekshiruv usullari ham bor. M. g. i. ch. da odam organizmining fiziologik va biologik talablariga hammadan koʻra koʻproq muvofiq keladigan gigiyena normativlarini belgilab olish maqsadida organizm b-n i. ch. muhiti oʻrtasida boʻlib turadigan oʻzaro taʼsir qonuniyatlarini ham oʻrganadi. Mamlakatda joriy etilgan tartibqoidaga muvofiq, i. ch. omillarining birontasi ham yoʻl qoʻyiladigan normadan yoki eng katta konsentratsiyadan ortiq boʻlmasligi, ishlovchilar ularga cheksiz uzoq vaqt davomida yaqin yurganida omillar oʻsha odamlarga muayyan kasallik yoki sezilarli biror oʻzgarish paydo qilmasligi kerak. Mehnat gigiyenasi OʻzR Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan va tavsiya etilgan maxsus davlat normativlari, yoʻriqnoma va koʻrsatmalariga amal qilgan holda olib boriladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x