MEHNAT BOZORI

MEHNAT BOZORI — ish kuchi oldisotdi qilinadigan bozor. M. b. ning ishtirokchilari ishga yollovchilar, ishga yollanuvchilar va ular oʻrtasidagi turli vositachilar hisoblanadi. Turli vositachi firmalar, tashkilotlar va agentliklar Mehnat bozorining infratuzilmasini tashkil etadi. Ish kuchi maxsus tovar sifatida uning sohibi tomonidan bozorga taklif etiladi. Ishga yollovchilar Mehnat bozoriga talab b-n chiqadi. Ish kuchining oldisotdisi bevosita xaridor bilan sotuvchi oʻrtasida toʻgʻridan toʻgʻri yoki vositachilar ishtirokida yuz berishi mumkin. Bu ishni mehnat birjasi yoki ish topib beruvchi firmalar bajaradi. Ish kuchining oldisotdisi mehnat bitimi shaklida rasmiylashtiriladi. Mehnat bozorida ish kuchini sotuvchi bilan uni oluvchi oʻrtasida mehnatning kelishilgan narxi — ish haqidkr.

Mehnatga talab uning narxi boʻlmish ish haqi miqsoriga nisbatan teskari mutanosiblikda, yaʼni ish haqi oshsa mehnatga talab qisqaradi, agar u pasaysa, mehnatga talab oshadi. Mehnat bozori dagi mehnat taklifi ish haqiga nisbatan toʻgʻri mutanosiblikda boʻladi. Moddiy muhtojlik sharoitida koʻp ishlab, koʻp pul topishga intilish mehnat taklifini oshiradi.

Mehnat bozorida mehnatga talab taklifdan oshib ketsa ish kuchi taqchilligi, mehnat taklifi talabdan koʻp boʻlsa ishsizlik paydo boʻladi.

Mehnat bozorining turlarga ajralishi uning xarakteri va koʻlamiga bogʻliq. Mehnat bozori oshkora va yashirin xarakterda faoli-yat koʻrsatishi mumkin. Oʻz koʻlamiga qarab Mehnat bozori mahalliyhududiy, milliy va jahon bozorlaridan iborat. Globalizatsiya sharoitida moddiy resurslarni mamlakatlararo taqsimlanishiga mos ravishda mehnat resurslari ham taqsimlangani sababli jahon Mehnat bozori tez rivojlanadi. Iqtisodiyoti kuchli mamlakatlar milliy Mehnat bozorida kelgindilar mehnati taklifi tez usadi, narxi arzonligidan unga talab ham ortadi. 2000-y. da Yer yuzida oʻzi tugʻilgan yurtida ishlamaydiganlar soni 80 mln. nafardan ziyod boʻldi. Xalqaro Mehnat bozori kengayishi rivojlangan mamlakatlarda oʻzga millat diasporasi oʻsishiga olib keladi (mas, 2002-y. AQSHdagi xitoyliklar 15 mln. nafardan ortiq boʻlgan).

Ahmadjon Oʻlmasov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x