MEDUZALAR

MEDUZALAR — boʻshliqichlilarning, koʻpincha, erkin yashovchi jinsiy avlodi. Gavdasi xira shaffof (mezogliysi kuchli rivojlanganligi tufayli), so-yabon yoki qoʻngʻiroq shaklda, diametri bir necha mm dan 2—3 m gacha. Soyaboni chetlarida paypaslagichlari (uz. 30 sm gacha) va sezgi organlari joylashgan. Ogʻzi soyabonining ostki botiq tomoni oʻrtasida boʻlib, odatda, ogʻiz parraklari bilan oʻralgan. Meduzalar soyaboni ostida suvni siqib chiqarishi tufayli relaktiv usulda harakatlanadi. Ayrim ssifomeduzalar (stavromeduzalar) suv tubida biron substratga yopishib yashaydi. Meduzalar suv tubida yopishib yashaydigan gidroid poliplar (boʻshliqichlilarning jinssiz koʻpayadigan avlodi)dan kurtaklanish tufayli hosil boʻladi. Meduzalar ssifoidlar va koʻpchilik gidropoliplar uchun xos. Gidralar, ayrim dengiz gidropolishtari va korall poliplar M. hosil qilmaydi. Traxilidlar va pelagiylarda nayel gallanishi boʻlmaydi; M. tuxumdan hosil boʻladi. Meduzalarning jinsiy bezlari oshqozoni yaqinida yoki oshqozondan boshlanadigan gastrovaskulyar sistemaning radial naylarida joylashgan. Gidromeduzalarda jinsiy bezlar ektodermada, ssifomeduzalarda endodermada boʻladi. Meduzalar jinsiy yoʻl bilan koʻpayadi; jinsiy hujayralar (tu-xum va urugʻlar) suvga chiqariladi, suvda urugʻlanish roʻy beradi. Faqat ssi-fomeduzalar (aureliya, qutb M. i) tu-xum hujayralari ona organizmda urugʻlanib, ulardan planula lichinkasi chiqadi. Ayrim Meduzalar (ildizogʻiz Meduzalar, qutb Meduzalar, butli Meduzalar va b.)ning otuvchi hujayralari kuydirish xususiyatiga ega boʻlgani uchun ular zaharli Meduzalarga kiritiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x