MAZINIY

MAZINIY al-Maziniy , Ibroqim Abdul Qodir (1890, Qohira — 1947) — arab yozuvchisi va tadqiqotchisi. «Misr modernistlari» maktabi vakillaridan. Ilk sheʼrlari P. B. Shelli va J. Bayron ijodi taʼsirida yozilgan. Yumoristik ocherk va hikoyalari («Olam sandigi», 1929; «Oʻrgimchak uyasi», 1935; «Yoʻlda», 1937)da ayrim Misr ziyolilarining mutaassibligidan, Yevropa madaniyatiga yuzaki taqlid qilishlaridan kuladi. Maziniyning «Ibrohim — jurnalist» (1931), «Uch zrkak va bir ayol». «Ibroqim II» (1943) kabi romanlarida shaxsning «mutlaq erkinligi» gʻoyalari ilgari surilgan. U adabiy va tanqidiy maqolalari («Hofiz Ibrohim sheʼriyati». 1914; «Sheʼriyat, uning maqsadi pa vositalari», 1915; «Shamolning kuchayishi», 1928; «Quruq oʻrim», 1925)da sheʼriyatdagi anʼanaviylikka qarshi chiqadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x