MAVLONIY Mashhura Egamovna

MAVLONIY Mashhura Egamovna (1934.4.12, Toshkent) — mikrobiolog olim, Oʻzbekiston FA akad. (1989), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1994), biologiya fanlari d-ri (1971). Toshkent politexnika in-tining kimyotexnologiya f-tini tugatgan (1957). Oʻzbekiston FA Botanika in-ti ilmiy xodimi (1960—61), katta ilmiy xodimi (1962—65), 1965-y. dan Oʻzbekiston FA Mikrobiologiya boʻlimi (1977-y. dan in-ti)da sanoat mikrobiologiyasi lab. mudiri. Oʻzbekistonda sanoat mikrobiologiyasi asoschisi. M. Oʻrta Osiyoda ilk bor sanoat mikroorganizmlari kolleksiyasini yaratdi. Zararkunanda mikroorganizmlarga qarshi kurash usullarini ishlab chiqdi. Sporasiz zamburugʻlar tasnifining yangi sxemasini tuzdi. Gamma va lazer nurlari taʼsirida sanoat uchun muhim boʻlgan faol mutantlar topdi va amaliyotga tatbiq etdi.

As: Proizvodstvo kormovogo belka v Uzbekistane, T., 1988; Mikrobialnaya porcha konservirovannыx produktov i puti yeyo predotvraщyeniya, T., 1990; Umumiy mikrobiologiya, T., 2003.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x