MATISS

MATISS (Matisse) Anri Emil Be-nua (1869.31.12, Lekato, Pikardiya — 1954.3.11, Simyez, Nissa yaqinida) — fransuz rassomi va haykaltaroshi; fovizmnmng yirik namoyandasi. Parijdagi Jyulian akademiyasida (1891-y. dan), Bezak sanʼati maktabi (1893-y. dan) va Nafis sanʼat maktabi (1895— 99)da taʼlim olgan. Sharqsanʼ-atidan ilhomlangan; ayniqsa, Kamoliddin Behzod miniatyura maktabita mansub miniatyura asarlari uning ijodiga katta taʼsir koʻrsatgan. Matiss ijodida hayot shavqi, quvonch baxsh etadigan narsalar anik, kompozitsiya va sof ranglarda tasvirlanadi: «Qizilxona» (1908), «Raqs», «Musiqa» (1910), «Rassomning ustaxonasi», «Qizil baliqchalar» (1911), «Musiqa darsi» (1916—17), «Chigʻanoqli natyurmort» (1940) va b. M. 1900-y. lardan haykaltaroshlik bilan shugʻullandi; grafik rassom sifatida gravyura, litografiya, ofort asarlari yaratdi («Mavzu va variatsiyalar», 1941 va b.), 1940-y. larda koʻproq rangli qogʻoz bilan applikatsiya usulida asarlar ishladi («Jaz» turkumi, 1944—47 va b.).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x