MASSAGETLAR

MASSAGETLAR (yun. Massagetai) — Kaspiy dengizining sharqiy sohili, Orol dengizi atroflari, Amudaryo va Sirdaryoning quyi oqimida mil. av. 8 — 4-a. larda yashagan koʻchmanchi va b. qabilalar guruhining yunon adabiyetlarida uchraydigan umumlashma nomi. Massagetlar toʻgʻrisida fanda turli xil qarashlar mavjud. Ayrim olimlar fikricha, «Massagetlar» nomi «masyo» — «baliq» soʻzidan kelib chiqqan boʻlib, «baliqxoʻrlar» maʼnosini anglatgan. Boshqa bir fikrga koʻra, «Massagetlar» atamasi «maye», «saka» va «ta» soʻzlaridan tarkib topib, «saklarning katta uyushmasi»ni bildirgan. Uchinchi bir taxminga koʻra, «Massagetlar» soʻzi «mazagetlar» — «ulugʻ getlar» degani boʻlib, Massagetlarning oʻzi esa qad. xitoy manbalaridagi «da(katta) yuyechjilar» bilan aynan bir xalqdir. Bu fikrga S. P. Tolstoye ham qoʻshilgan, u Sirdaryoning quyi oqimi boʻyidagi arxeologik yodgorliklarni Massagetlarga mansub deb hisoblagan. S. P. Tolstovning fikricha, Massagetlar konfederatsiyasi tarkibiga xorasmiylar, apasiaklar, sakaravaklar, sak-amyurgiylar, derbiklar, toxarlar (dahlar), osiylar (yatiylar, asianlar, usunlar, yaksartlar), otasiylar (augasiylar, augallar) kirgan. Gerodotning yozishiga koʻra, Massagetlar — koʻchmanchilar. Ular piyoda va otda jang qiladilar, otlarining koʻkraklariga sovut kiydirganlar. Koʻproq kamon, nayza va sagariy (oy-bolta) kabi jang qurollari ishlatganlar. Massagetlarning barcha jihoz va qurol-aslahalari mis va oltindan yasalgan. Roʻzgʻor buyumlarini esa boʻyoq bilan boʻyaganlar. Massagetlar malikasi Toʻmaris bilan boʻlgan jangda Axomaniylar davlatinij asoschisi Kir halok boʻlgan. Strabonitg maʼlumotiga koʻra, M. Quyoshga topinganlar va unga atab otlarni qurbonlik qilganlar. Strabon koʻchmanchilar bilan bir qatorda Orol boʻyidagi botq-okliklar va orolchalarda yashab, terimchilik va baliq ovlash bilan mashgʻul boʻlgan qavmlarni, shuningdek, xorazmiylar va otasiylarni Massagetlarga mansub deb bilgan.

Massagetlar konfederatsiyasi qad. Xorazm davlatining asosiy harbiy kuchini tashkil qilgan. Bu, ayniqsa, Oʻrta Osiyoga Iskandar Makduniy bostirib kelgan davrda yaqqol namoyon boʻlgan.

Ad.: Tolstoye S. P., Po sledam drevnexorezmiyskoy sivilizatsii, Massagetlar — L., 1948.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x