MASS-SPEKTROSKOPIYA

MASS-SPEKTROSKOPIYA, mass spektrometriya — modda tarkibidagi atom va molekulalar spektri boʻyicha ularning massasini tekshirish usullari. Atom va molekulalari ionlashgan har bir modda t/ye nisbat bilan bir-biridan farq qiladi, bu nisbat (bunda t — massa, ye — ion zaryadi) mass-spektrometrlar b-n oʻlchanadi. Olingan spektrga koʻra, modda massasi va jism tarkibidagi boshqa moddalar mikdori topiladi. M.s. tatbikiy fizika, kimyo, biol. tibbiyot, geol. va texnikada asosiy analitik usullardan biri hisoblanadi. Jism (yoki suyuk,lik) tarkibidagi modda massasini aniqlashning har xil usullari bor. Mas, dublet usuli bilan dispersion chiziqlar orasidagi masofa anikdanadi va shu masofa boʻyicha massalar farki topiladi. Ionlar tokini oʻlchash usuli bilan moddalar massasi aniqlanadi.

Gaz tarkibini aniqlash uchun ham M.-s. dan foydalaniladi. Gazlar toʻliq bugʻlatish, izotopga ajratish, vakuumda uchqunlatish va ionlar bilan bombardimon qilish usullari orqali tekshiriladi. Maʼlum mikdordagi moddani M.-s. bilan tekshirib, undagi elementlar mikdori — gaz aralashmalaridagi komponentlari mikdori nazorat kilinadi va aniqlanadi, izotoplar olinadi. Kimyo sanoatida M.-s. bilan texnologik jarayonlar boshqariladi, atom yuqori qatlamining tarkibi oʻrganiladi, zaryadli zarralarning toʻqnashishidagi jarayonlar kuzatiladi, kimyoviy reak-siyalar kinetikasi tekshiriladi. M.-s. koʻp sohalarda yagona usul hisoblanadi. M.-s. yordamida Yer yuqori atmosferasining neytral va ion tarkibi oʻlchangan (boshqa sayyoralarning atmosfera tarkibini ham shu usulda oʻlchash mumkin).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x