MASHINALASHGAN ISHLAB CHIQARISH

MASHINALASHGAN ISHLAB CHIQARISH — ijtimoiy i. ch. taraqqiyotining tarixiy bosqichi. Bu bosqichda mehnat quroli sifatida mashinalardan foydalaniladi. Mashinalashgan ishlab chiqarish sanoat rivojlanishiga asos boʻldi va mayda, tarqoq hunarmandchilikni siqib chiqardi. Mashinalashgan ishlab chiqarishga manufaktura moddiy va iktisodiy zamin yaratdi. Mashina texnikasi asosida manufaktura korxonasi f-kaga aylandi. Yirik Mashinalashgan ishlab chiqarishda mehnatning kooperativ xarakteri zaruriy boʻlib qoldi, har bir korxonadagi, shuningdek, butun jamiyatdagi mehnat taqsimoti chuqurlashdi, i. ch. vositalari va ish kuchining konsentratsiyasi kuchaydi. Mashinalashgan ishlab chiqarishning taraqqiyoti bilan kapital jamgʻarish ham jadallashdi. Mashinalashgan ishlab chiqarishning rivoji tufayli xoʻjalikning kapitalizmga qadar shakllari yemirildi, kapitalistik i. ch. munosabatlari qaror topdi. Mashinalashgan ishlab chiqarishning eng yangi bosqichi hoz. zamon fantexnika taraqqiyoti bilan chambarchas bogʻliq.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x