MARTOS Ivan Petrovich

MARTOS Ivan Petrovich [1754, Ichnya, hoz. Ukrainaning Chernigov viloyati — 1835.5(17).4, Peterburg] — rus haykaltaroshi, rus klassitsizmining yirik namoyandasi. Peterburg BAda taʼlim olgan (1764—73). Rimda yashab (1773 — 79) antik haykaltaroshlikni oʻrgangan, ulardan nusxalar yaratgan. Peterburg BAda dare bergan (1779—1835; 1814-y. dan rektor). M. ijodining dastlabki davrlarida portret (haykal)lar yaratgan (N. I. Panin, 1780; A. V. Panina, 1782; ikkalasi ham marmar); 1780y. lardan memorial haykallar ustasi sifatida namoyon boʻldi. U yaratgan qabr yodgorliklarida kompozitsiya tuzilishining qatʼiyligi, nafis shakli, relyef turlarining mahorat bilan uygʻunliqsa qoʻllanishi (S. S. Volkonskaya, marmar, 1782; N. I. Panin, marmar, 1788 va b.), asarlarining monumentalligi, obrazlarning yorqinligi, meʼmoriy muhit bilan uygʻunligi eʼtiborga sazovor. I. Ye. Gagarina (bronza, 1803); Pavel I (marmar, granit, 1807), Moskvadagi K. Minin va D. Pojarskiyga oʻrnatilgan yodgorlik (bronza, granit, 1804—1818) va b. M. monumental bezak haykaltaroshligining yirik ustasi sifatida ham mashhur (Petergof favvorasi uchun yaratgan «Akteon» haykali, hallangan bronza, 1801 va b.).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x