MARMARAK

MARMARAK (Solvia L.) — koʻp yillik oʻtlar turkumi; gulzorlarda ekiladigan bir yillik manzarali oʻsimlik. Marmarakning yaltiroq Marmarak, Korolkov Marmarak gi, xushboʻy Marmarak, xivicheimon Marmarak, choʻl M. gi (zigʻirak) kabi 5 turi bor. Yaltiroq Marmarak (S.splendens ver. Gawl.) — bir yillik oʻt, boʻyi 50—80 sm, poyasi tik usadi. Barglari uchburchaklinashtarsimon. Gultoji 50—60 mm. Iyun — okt. oylarida gullaydi, gullari sariq, 25—33 mm. Korolkov Marmarak gi (S.korolkovii Rgl. et Schmalh.) — koʻp yillik oʻt. Boʻyi 24 — 50 sm. Ildiz boʻgʻizidagi barglar nashtarsimon, uchi oʻtkir, dumaloq ponasimon, yashil tukli. Iyun—avg. oylarida gullab urugʻlaydi, gullari siyoh rang. Togʻli mintaqalarda oʻsadi. Oʻzbekiston Qizil kitobiga kiritilgan. Xushboʻy Marmarak (S.sclarea L.) — koʻp yillik oʻt. Boʻyi 50—100 sm. Poyasi tik usadi, tepa qismidan shoxlangan. Barglari yashil, ellipssimon-choʻziq, yirik burmali, Iyun—avg. oylarida gullab urugʻlaydi. Togʻli mintaqalardagi bogʻlarda, togʻ daralarida oʻsadi. Efir moyli oʻsimlik hisoblanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x